E’TIROF
Yosh kitobxon ko'rik-tanlovining Surxondaryo viloyati bosqichida 15-19 yosh toifasida faxrli 1-O'RINNI egallagan Oltinsoylik Tojimurodova Xurshida Rashidovnani tabriklaymiz.
Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini yangi bosqichga ko‘tarish hamda xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish ishlarini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29-iyundagi PQ-300-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Mahallalarda ijtimoiy muammolarni aniqlash va hal etish ishlarini kompleks tashkil etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga "Oilabay" yondashuv tizimini joriy etish maqsadida bugun trenerlar maxsus o‘quv-semenari o‘tkazildi.
Бугун, 17 ноябрь куни Олтинсой туманидаги “Янги Ўзбекистон” истироҳат боғида жойлашган Амфитеатрда тумандаги умумтаълим мактабларининг “Ватан таянчи” ҳаракати аъзоларининг тантанали ваъда бериш тадбири бўлиб ўтди. Унда тумандаги мактабларнинг ҳар биридан 20 нафардан иборат “Ватан таянчи” ҳаракати аъзолари бўлган 10-11-синф ўқувчилари иштирок этдилар.
© Олтинсой тумани ҳокимлиги веб-сайтлари 2023