Birinchidan, aholini ro‘yxatga olish bu – davlat miqyosida amalga oshiriladigan ishdir. Buning natijasida mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati” paydo bo‘ladi.Aholini ro‘yxatga olish mustaqil respublikamizda tarixiy voqea hisoblanadi, lekin deyarli dunyoning barcha mamlakatlarida muntazam amalga oshiriladigan tadbirdir.
Mamlakatimizda inson, uning hayoti, sha’ni va erkinligi qonun bilan himoya qilinib kelinmoqda. Garchi, hozirgi kunda sudlar tomonidan qasddan odam o‘ldirish yoki unga suiqasd qilish jinoyatini tahlil qilishda bir qator to‘siqlarga duch kelayotgan bo‘lsa-da, ushbu qilmishning kvalifikatsiya qilinishi esa bu turdagi jinoyatlarni qanchalik muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatmoqda.
Hozirgi kunda davlatimizda barcha sohalarda juda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, Prezidentimizning tashabbusi bilan “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning qabul qilinishi mamlakatimizda tub demokratik islohotlar davrini boshlab berdi. Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilgan ishlar barcha sohalarni qamrab oldi. Eng asosiysi, mamlakatimizda insonning huquq va erkinliklarini, sha’nini, qadr-qimmatini, manfaatlarini, davlat organlarining jamiyat oldida hisobdorligini ta’minlash islohotlarning bosh maqsadi etib belgilandi.
Ma’lumki, 2024 yil 10 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-89-sonli Farmoni qabul qilindi.
Mazkur hujjatga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvardan boshlab jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar ro‘yxatida yangi “tergov sudyasi” lavozimi joriy etilishi belgilandi.
© Олтинсой тумани ҳокимлиги веб-сайтлари 2025