Birlashgan millatlar tashkilotiga a’zo davlatlar har 10 yilda aholini ro‘yxatdan o‘tkazishlari orqali ularning soni, yoshi, jinsi, ma’lumoti, ish joyi, millati, shuningdek, turar-joyi va yashash sharoitlari kabi savollarga javob berishi kerak bo‘ladi.
Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish ishlari keng qamrovli tadbir bo‘lib, ketma-ket hamda bir vaqtning o‘zida tegishli tadbirlarni amalga oshirish mumkin bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
Talon-taroj qilish-bu birovning mulkini o‘zining yoki boshqa shaxslarning foydasi uchun, mulkdorga yoki ushbu mulkning boshqa egasiga zarar keltirib, qonunga xilof ravishda, bepul olib qo‘yishda ifodalanadi.
Talon-taroj qilish ob’ekti iqtisodiy va huquqiy kategoriya sifatidagi mulkdir.
Mulk-bu mulkning egasi bilan jamiyatning boshqa a’zolari (mulkdor bo‘lmagan) o‘rtasida mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish bo‘yicha yuzasiga keladigan huquqiy munosabatlardir.
O‘zbekiston Respublikasining jinoyat qonunchiligi talon-taroj qilish bilan bog‘liq jinoyatlarga javobgarlikni belgilashda uni qaysi usulda sodir etganligiga ko‘ra ajratadi.
© Олтинсой тумани ҳокимлиги веб-сайтлари 2025