Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
«O'zbekiston – 2030» strategiyasi to'g'risida farmon.
Qo'shma qarorlar / 2024-02-20

Farmon bilan Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan «O'zbekiston – 2030» strategiyasi tasdiqlandi.

«O'zbekiston – 2030» strategiyasida quyidagi asosiy g'oyalar aks ettirilgan:
• barqaror iqtisodiy o'sish orqali daromadi o'rtachadan yuqori bo'lgan davlatlar qatoridan o'rin olish;
• aholi talablariga va xalqaro standartlarga to'liq javob beradigan ta'lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish;
• aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish;
• xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish;
• mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta'minlash.
«O'zbekiston – 2030» strategiyasini amalga oshirish va uning maqsadli ko'rsatkichlariga erishish barcha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida eng ustuvor vazifa etib belgilandi hamda bu bo'yicha ularning birinchi rahbarlariga shaxsiy mas'uliyat yuklandi.
«O'zbekiston – 2030» strategiyasini amalga oshirish bo'yicha Respublika komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.
Respublika komissiyasi (A.Aripov) zimmasiga:
a) O'zbekiston – 2030» strategiyasining to'liq, o'z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish, shuningdek, uni amalga oshirish bo'yicha tegishli yillik dasturlarni tayyorlash va ijrosini muvofiqlashtirish;
b) O'zbekiston – 2030» strategiyasi doirasidagi islohotlar bo'yicha tadbirlarning aholi tomonidan bildirilgan fikr va tashabbuslar asosida sifatli amalga oshirilishi, belgilangan ko'rsatkichlarga erishilishini nazorat qilib, natijasi yuzasidan har yarim yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritilishini ta'minlash;
v) ikki oy muddatda:
• Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasining joylarda amalga oshirilishi natijalari tanqidiy o'rganilishini;
• aholi o'rtasida Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish natijalari keng muhokama qilinishi, fuqarolarning mazkur masala bo'yicha takliflari tizimlashtirilgan holda tahlil etilishini;
• o'tkazilgan o'rganishlar natijasiga ko'ra, Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalarni ro'yobga chiqarishga to'sqinlik qilayotgan tizimli omillarni aniqlash va O'zbekiston – 2030» strategiyasini amalga oshirish doirasida ularning oldini olish bo'yicha aniq choralar ko'rilishini ta'minlash vazifalari yuklandi.
«O'zbekiston – 2030» strategiyasi – xalq strategiyasi» shiori ostida belgilangan islohotlarning izchil, sifatli va o'z vaqtida bajarilishi yuzasidan samarali jamoatchilik nazoratini o'rnatish maqsadida «Taraqqiyot strategiyasi» markazi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda «O'zbekiston – 2030» strategiyasi ijrosining ta'minlanish darajasi, unda belgilangan islohotlarning sifatli amalga oshirilishini aholi tomonidan har bir maqsad va undagi ko'rsatkichlar kesimida baholash, ular yuzasidan o'z fikrlarini qoldirish va tashabbuslar bildirish imkoniyatini yaratuvchi onlayn portalni ishga tushirishi belgilandi.
Har oyda baholash natijalari va aholidan kelib tushadigan fikr-mulohazalar umumlashtirilib, Respublika komissiyasiga taqdim etib boriladi.


Jinoyat ishlari bo'yicha
Oltinsoy tuman sudining raisi
K.Nazarov

 

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
6 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?