Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
2023 yil 11 sentyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston - 2030» strategiyasi to'g'risida»gi 158-son Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan «O'zbekiston – 2030» strategiyasi tasdiqlandi.
Hujjatda quyidagi asosiy g'oyalar aks ettirilgan:
• barqaror iqtisodiy o'sish orqali daromadi o'rtachadan yuqori bo'lgan davlatlar qatoridan o'rin olish;
• aholi talablariga va xalqaro standartlarga to'liq javob beradigan ta'lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish;
• aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish;
• xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish;
• mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta'minlash.

«O'zbekiston – 2030» strategiyasi doirasida o'z dolzarbligini yo'qotmagan barcha maqsadlarga erishish, shuningdek, Yangi O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish ta'minlanadi.

Hujjat bilan «O'zbekiston – 2030» strategiyasini amalga oshirish bo'yicha Respublika komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.

 

Jinoyat ishlari bo'yicha
Oltinsoy tuman sudining raisi
K.Nazarov

 

 

 

 

 

Izoh qoldirish

Ro‘yxatdan o‘tish
  • Hozir saytda
  • 12 ta foydalanuvchi hozir saytda
So‘rov o‘tkazish
Sayt haqida firingiz?