Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
Eng odil hukm-vijdon hukmi
Qonunlar / 2024-04-24
 
Dunyoda shunday kasblar borki, ular insondan katta fidoyilik talab etadi. Chunki, bunday kasb egalarining faoliyati inson taqdiri bilan bog'liq. Ta'bir joiz bo'lsa, ularning mehnati jamiyat muhitning sof va adolatli bo'lishini ta'minlaydi. Bu albatta, sudyalik kasbidir. Agar jamiyatda adolat ustuvor bo'lmasa, boshqa ezgu amallarning birontasi foyda bermay qolishi mumkin. Adolatni ta'minlovchi kishi esa, shubhasiz sudьyadir. Shu bois suьyaning oldiga boshqa kasbdagilarga nisbatan mas'uliyatliroq vazifalar qo'yiladi. Yuksak salohiyat va katta hayotiy tajribaga ega bo'lmay turib, inson va jamiyat taqdirini hal qiladigan qarorlar qabul qiluvchi suьyalik vazifasini talab darajasida ado etish qiyin. Bu kasibni tanlagan kishi, birinchi navbatda, mazkur ishga o'zining ma'naviy jihatdan haqli yoki haqsiz ekanligini ich-ichidan his qilmog'i lozim. Uning o'ziga xos xususiyatlaridan biri ham suьyaning o'z faoliyatini, boshqa huquq sohalaridan farqli ravishda, jamoatchilik ko'zo'ngida, oshkor amalga oshirish va davlat nomidan qaror qabul qilishga bog'liq ekanidir.
Albatta sudьya ham shu jamiyatning bir a'zosi sifatida, mamlakatda amalda bo'lgan qonun-qoidalarga bo'ysunadi, biroq u o'zining xatti-harakatlari, qabul qilgan qarorldari uchun har damda shaxsiy mas'uliyatini va o'z e'tiqodi oldida javobgarlikni xis qilib turishi shart. Shundagina unga nisbatan tashqi nazorat uchun biror –bir ma'noda zarurat bo'lmaydi. 
Suning hal qiluv qarori, hukmi davlat nomidan qabul qilinadi.Shu bois bu ishda zarracha bo'lsin suiste'molga berilish mumkin emas. Sudьyaning bilimi va salohiyati amaldagi qonunlar va hal qilinayotgan masala bo'yicha Oliy sud Plenumi qaror va boshqa me'yoriy hujjatlarni mushohada qilib, to'g'ri tatbiq qilishda poydevor bo'lib xizmat qiladi. Bilimsiz odamning adolatni qaror toptirishi juda qiyin. Sudning ish bo'yicha xulosasini savodli yozma ifoda eta olish qobiliyati esa ma'lum ma'noda sudьyaning madaniy saviyasini aks etiruvchi protsessual hujjat hisoblanadi.
Rivoyat qilishlaricha, hanafiy fiqxining asoschisi, ulug' alloma Imom A'zam nohaq qaror chiqarib, Alloh oldida gunohkor bo'lib qolishdan qo'rqib, qozilik vazifasini rad egan ekanlar. Bilimi cheksiz bo'lgan shuday zotki, o'ziga shubha bilan qaragan ekan, boshqalar ham bundan o'ziga xulosa chiqarib oligi darkor. Hukm chiqarish naqadar ma'suliyatli ekanligini har gal sud majlisini ochib, ishni ko'rgan va ish bo'yicha, ayniqsa, jinoyat ishi bo'yicha yakuniyqaror qabul qilish uchun maslahat uyida qolgan har bir sudьya butun vujudi bilan his qiladi, desam yanglishmagan bo'laman.
Shuning dek Ulug' nemis shoiri, faylasuf Iogann Volьfgang Gyote “O'zi haqida hukm chiqarishga o'rganmagan kishi boshqalar haqida hukm chiqara olmaydi”,-degan ekan. Zero, boshqalar taqdirini hal qiladigan kishilar o'z qarorlari va xatti-harakatlari uchun mas'uliyatini chuqur seza olish xususiyatiga ega bo'lmoqlari lozim.
Bundan tashqari Frantsiyalik faylasuf Viktor Gyugo “Eng odil hukm-vijdon hukmi”-degan edi. Ulug' yunon faylasufi Arastu esa “Vijdon oliy-janob insonning odil hakami” ekanligini aytgan. Ya'niki, sudьya qabul qilingan qarori uchun avvalo o'z vijdoni oldida xijolat bo'lmasligi lozim. 
Oqlov hukmi-bu odil sudlovning chin ma'nodagi tantanasi bo'lib, yuksak ma'naviy ahamiyatga molik bo'lgan huquqiy aktdir. Shu bilan birga u noqonuniylik va mas'uliyatsizlikka yo'l qo'ygan tergov organiga nisbatan samarali ta'sir chorasi hamdir. 
           
Surxondaryo viloyat sudining 
sudьya katta yordamchisi:                   A.M.Sa'dulloyev  
 

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
4 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?