Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
QO'ShNINING HAQQI.......
Qonunlar / 2024-04-25

Dono xalqimizda qo'shnichilik haqlari haqida ajoyib maqollar, hadis shariflar borligini barchamiz yaxshi bilamiz. Masalan, "Hovli olma, qo'shni ol” kabi maqol zamirida ham qancha ma'no yashirin. Hovli olsangizda qo'shningiz yaxshi bo'lmasa, ha deganda janjal ko'taraversa uyingizdan baraka, kunglingizdan halovat qochadi.
Shu sababli ham muqaddas dinimizda qushnichilik haqlariga doir ajru savoblar mufassal keltirib o'tilgan.
Afsuski, hozirgi tinch-farovon davrga kelib qo'shnilar orasida ham mehr-oqibat, odamgarchilik tuyg'ulariga putur yetayotgandek...
Kuyida ham ikki qo'shni hovli odamlari arzimas mayda gap-so'zlarni deb adovatlashib, yuz ko'rmas bo'lib qolishdi. Kamiga biri jarohat oldi, biri esa qonun oldida javob berishiga to'g'ri keldi.
Sudlanuvchi Qaxxor Bo'tayev (ism-familiyalar o'zgartirilgan) ham usha kuni ayollar gapiga kirib jahliga erk bermaganda, biroz bosiqlik bilan voqeaga oydinlik kiritganda buncha mashmashayu tashvishlar bo'lmasdi, kungilsizlarning oldi olinardi.
Usha kuni onasi ko'shnining qizini biroz koyigani uchun qizchaning akasi ularning darvozasiga ikki marta tosh otganligini eshitib qolgan Kaxxor jahlini jilovlay olmadi. Tosh otgan ko'shni yigit Baxodirni tayox bilan urib ketdi. Uyam uyidan pichoq ko'tarib chiqqach, voqea jiddiy tus olib, xar ikki tomonni qarindoshlari yig'ilib janjal kattalashib ketdi.
«Bahodirni qo'lidagi pichoqni olaman degandim», deb ko'rsatma bergan Kaxxor uni jaratlab ko'yadi. Boqea joyiga yetib kelgan uchastka inspektori va maxalla raisi, boshqa qo'shnilar ularni ajratib, xushini yo'qotgan Baxo¬dirni kasalxonaga olib ketishdi.
«So'nggi pushaymon, o'zingga dushman», deganlaridek, jabrlanuvchi va guvohlarning ko'rsatmasi hamda tibbiy xulosa asosida Qahhor aybli deb topilib, unga nisbatan qonuniy chora ko'rildi.
Ammo, qars ikki qo'ldan chiqadi, deb bejiz aytishmagan. Baxodir ham qo'shnini darvozasiga tosh otmasdan, pichoq ko'tarib yugurmasdan muomala bilan tushuntirsa bo'lar zdi-ku. Har ikki tomondan sodir etilgan bu kungilsizlik ikki oilani bir-biriga adovatli bo'lib qolishiga sabab bo'ldi.
Shunga aytishsa kerak, “G'azabini yenggan odam eng kuchlidir" deb. Jahlini ji¬lovlay olmaganlar esa yuqoridagidek holatga tushishlari tayin...


Surxondaryo viloyat sudining
sudьya katta yordamchisi A.Sa'dulloyev

 

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
4 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?