Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
Ijro hujjatini ijro qilmaganlik uchun javobgarlik
Qonunlar / 2024-04-24

O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bo'yicha bu turdagi javobgarlikning shartli ravishda 3 ta shaklini keltirish mumkin, ya'ni:
-jismoniy shaxslarning ijro hujjatini ijro qilmaganligi uchun javobgarlik
-ijro hujjatini ijro qilishga to'sqinlik qilganligi uchun javobgarlik
-sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro qilish to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik.
Jismoniy shaxslarning ijro hujjatini ijro qilmaganligi uchun javobgarligi deganda, fuqarolarning ijro hujjatini ijro qilmaganligi uchun javobgarligi faqatgina ijro ishi yuritish talablarini buzgandagina kelib chiqadi, fuqarolarga ijro hujjatini ijro qilmaganlik uchun javobgarlikni qo'llash vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi, jismoniy shaxslarni ijro hujjati talabini bajarmaganligi uchun javobgarlikka tortishga O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining davlat ijrochilari va sud vakolatli hisoblanib, ijro ishi yuritish jarayonining boshqa ishtirokchilari ham fuqaroviy huquqiy javobgarlikka tortilishi mumkin, masalan, saqlovchi xatlangan mulkni yo'qotganligi yoki unga ziyon yetkazganligi sabab javobgarlikka tortiladi, saqlovchi qarzdorning xatlangangan mulkini yashirganligi, boshqa birovga noqonuniy berganligi yoki sotib yuborganligi uchun jinoiy javobgarlik bilan birga moddiy javobgarlikka ham tortiladi. “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro qilish to'g'risida”gi qonunga muvofiq qarzdor ijro hujjatini belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga ko'ra ijro qilmaganda, shuningdek uning ijrosiga to'sqinlik qilgan hollarda qonunda belgilangan tartibda¬ javobgarlikka tortishga asos bo'ladi.
Ijro hujjatini ijro qilishga to'sqinlik qilganligi uchun javobgarlik deganda, Konstitutsiyamizning 114-moddasiga asosan sud hokimiyati chiqargan hujjatlar barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir, sud hujjatini bajarishdan bo'yin tovlash, uning ijro qilinishiga to'sqinlik qilish odil sudlov obro'siga putur, davlat va jamoat manfaatlariga zarar yetkazadi, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlari tiklanishiga qaratilgan faoliyatga salbiy ta'sir ko'rsatadi va jinoyat kodeksi sud hujjatini bajarishdan bo'yin tovlash va uning ijro etilishiga to'sqinlik qilish bilan bog'liq qator jinoyatlarni ya'ni, voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlash, ota-onani moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlash, mehnat qilish huquqini buzish, sud hujjatini ijro etmaslik, band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf qilish uchun jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro qilish to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik deganda, sud hujjatlari ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish tizimida yuridik vositadir, sud hujjatlari yordamida huquqiy normalarning amalga oshishi yuz beradi va huquqiy tartibga solish tizimida vujudga kelgan muammolar hal qilinadi, sud hujjatini ijro etmaslik ko'pchilik holatlarda nafaqat sudning obro'siga, balki davlat va fuqarolarga katta iqtisodiy zarar ham yetkazishi ham mumkin, sud hujjatini ijro etmaslik ijtimoiy xavfli qilmish hisoblanib, sud hujjatlari ijrosini ta'minlashda ularni ijro qilmaganlik uchun javobgarlik choralarining belgilanishi bu qilmishlar sodir etilishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Qarzdor ijro hujjati talabini ixtiyoriy ravishda ijro qilish uchun belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga ko'ra ijro etmasa, javobgarlikni keltirib chiqaradi, davlat ijrochisining o'z vakolatlari doirasidagi ijroni amalga oshirish bilan bog'liq talablari O'zbekiston Respublikasi hududida barcha organlar, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir, davlat ijrochisining qonuniy talablarini bajarmaslik, uning zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishiga monelik qiluvchi xatti-harakatlar sodir qilish qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo'ladi, ijro hujjati uni ixtiyoriy ravishda ijro qilish uchun belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga ko'ra ijro etilmagan taqdirda yoki qarzdor zimmasiga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoxud bunday harakatlarni amalga oshirishdan o'zini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjati uzrsiz sabablarga ko'ra davlat ijrochisi belgilagan muddatda ijro qilinmagan taqdirda, davlat ijrochisi jismoniy shaxslarga jarima qo'llash vakolatiga egadir.

Maqolani yozishda internet ma'lumotlaridan foydalanildi.


Surxondaryo viloyat sudi
sudьya katta yordamchisi Dj.Mamataliyev

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
4 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?