Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
Sud ocherki
Qonunlar / 2024-04-24


NAShAVAND
Husanboy endi hech kim bilmasov, deya ellik olti yoshga kirganini ham sezmay qoldi. U qayergadir hasharga borib, bir narsani ta'mini totib ko'rgan edi. Unga xush yoqdi shekilli yana izladi. Yana totib zavqlandi. Haligini urug'idan cho'ntagini to'riga tashlab ham qo'ydi. U hashardan qaytgach o'sha yili tomorqasini pastgi bir chetiga ayni bahor payti to'rt dona urug'ini ekdi.
Ekilgan urug' unib chiqib, o'sa boshladi. U kun ora bo'lsada yangi o'simligidan xabar olib turdi. Namini qochirmadi. U tomorqada ishlash bahonasida o'zi bilan bakilashkaga suv olib boradigan bo'ldi. U suvni o'sha o'simligiga quyib yurdi. Hosili pishib yetilgan chog'i, hech kimga bildirmasdan yig'ib olib qo'ydi. Urug'ini alohida joyga bekitdi. Bargini yezg'ilab uni boshqa joyga bekitdi. Ko'p gugurt qutiga joyladi ham. To'y –hashamlarga borganida tortib ham turdi. Yana o'ziga o'xshash bir jo'rasiga ham o'qtin, o'qtin o'rab berib turdi. Shu zayil yillar o'tdi. Oshnalari bilan o'tirishlarga borganda tutatib turishdi.
Uni pinhona ishi oshkor bo'lib qoldiyov. Chunki, bir kuni uni uyiga uch to'rt kishi mahalla oqsoqoli bilan birga kirib kelishdi. Bu vaqt ayni qish chillasi bo'lganligi sababli tomorqada hech narsa yo'q edi. Hamma hosil yig'ishtirilgan payt edi.
Haligi kishilar orasida ichki ishlar xodimi ham bor edi. U kishi Husan aka, xafa bo'lmang, sizni uyida “nasha” saqlaydi degan xabar bor. Shu bois uyingizda tintuv o'tkazishga ruxsatnoma bilan kelishdi.
Ular uy ichini, xonalarni, tokchalarni tekshirib ko'rishdi. Tintuv, tekshiruv besamar ketmadi.
Ikki ming ikki yuz qirq to'qqiz dona “nasha” urug'ini eski choynak ichidan topishdi. Yana ko'plab gugurt qutilarga joylab qo'yilgan “nasha”, “marixuana” o'simligi borligi ham aniqlandi. Topilgan giyohvandlik urug'i va gugurt qutilari xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib olib ketildi.
Ha, aytgancha Husan Ermatovni ham olib ketishdi. Sud obdon tekshirib, surishtirib Husan Ermatovga tegishli jazosini berdi.


Jinoyat ishlari bo'yicha
Oltinsoy tuman sudining raisi
K.Nazarov

 

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
4 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?