Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
Soliq majburiyati
Qonunlar / 2024-04-09
Yangi tahrirda qabul qilingan Konstituttsiyamizda fuqarolarning bir qator qonunlarga rioya etishi belgilangan bo'lib, unga ko'ra “Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa insonlarning huquqlari, erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar” deb 60-moddasida ta'kidlab o'tilgan.
Konstituttsiyamizning 63-moddasida esa “Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yig'imlarni to'lashi shart. Soliq va yig'imlar adolatli bo'lishi hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga to'sqinlik qilmasligi kerak” deb fuqarolarning qonun bilan soliq qonunchiligidagi huquqi va majburiyatlari belgilab qo'yilgan.
Yurtimizda soliqlarni o'z vaqtida to'lamaslik ma'muriy va jinoiy javobgarlikka tortilish haqida ko'zda tutuvchi bir qancha normalar mavjud.
Fuqaro H.S. “S.I.S.” MChJ direktori lavozimida ishlab kelib, jamiyatning 2023 yil 3 chorak uchun foyda solig'i hisobotini o'z vaqtida taqdim etmaganligi aniqlanib, bu huquqbuzarlik uchun S.H.ga Termiz shahar DSI tomonidan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 175-moddasi 2-qismi bilan 3.000.000 so'm jarima solish to'g'risidagi qarori tayinlangan va ushbu jarima jazosi jinoyat ishlari bo'yicha Termiz shahar sudi tomonidan ko'rilib, Termiz shahar DSI qarori o'zgarishsiz qoldirilgan .
Huquqbuzar H.S. apellyatsiya sudiga shikoyat qilib, oilaviy ahvolini inobatga olib, jarima jazosini kamaytirib berishni so'radi.
2024 yil 27 mart kuni Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'ati apellyatsiya instantsiyasi ish hujjatlari to'liq o'rganib chiqib, huquqbuzar H.S.ning aybi o'zining ko'rsatuvidan tashqari, ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi qaror va ishda mavjud bo'lgan boshqa dalillar yig'indisi bilan o'z isbotini to'liq topganligi sababli birinchi bosqich sudi qarorini o'z kuchida qoldirirdi.
Xulosa sifatida shuni ta'kidlash joizki, fuqarolar o'zlarining Konstituttsiyada belgilangan majburiyalarini bajarishi shart. Zero, yangi tahrirdagi Konstituttsiyamizda “Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo'yilgan burchlarini bajaradilar” deb 59-moddasida ta'kidlab o'tilgan.
 
 
 
Surxondaryo viloyat sudi 
sudьya katta yordamchisi B.Normurodov

 

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
4 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?