Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
Qasddan odam o'ldirish jinoyati
Qonunlar / 2024-03-29
Yurtimizda inson, uning shaxsi, sha'ni va qadr-qimmati e'zozlanadi. O'zbekiston Respublikasi bosh qomusi hisoblangan yangi tahrirdagi Konsituttsiyamizda ham insonning shaxsiy huquqlari asosiy me'zon sifatida e'tirof etiladi. Xususan, Konsituttsiyamizning 
25-moddasida “Yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqidir va u qonun bilan muhofaza qilinadi. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og'ir jinoyatdir. O'zbekiston Respublikasida o'lim jazosi taqiqlanadi” deb belgilab qo'yilgan.
O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-1031-moddalarida ham hayotga qarshi jinoyatlar turkumi, tasnifi va ularga nisbatan tayinlanadigan jazo turlari berilgan. 
Sudlanuvchi X.A. 2013 yil 28 noyabrda Sherobod tumani, “B” mahallasida yashab kelgan 1994 yil 17 fevralda tug'ilgan Ch.I. bilan turmush qurib, Qumqo'rg'on tumani “Ya” mahallasi “Ya” ko'chasida birga yashab kelishib, o'zaro turmushi davomida, 2015 yil 9 fevralda tug'ilgan M.X. ismli qiz farzandli bo'lishib, o'zaro turmushi davomida doimiy ravishda yuzaga kelgan o'zaro oilaviy kelishmovchiliklar sababli Ch.I. 2015 yilda farzandi M.X.ni olib, Sherobod tumani, “B” mahallasida joylashgan ota-onasining uyiga borib yashab kelgan va voyaga yetmagan bir nafar qiz farzandining moddiy ta'minoti uchun aliment undirish to'g'risida fuqarolik ishlari bo'yicha Qumqo'rg'on tuman sudiga murojaat qilib, sudning 22.07.2019 yildagi sud buyrug'ini chiqarilishiga va sud qarorining majburiy ijrosini ta'minlash bo'yicha MIB Qumqo'rg'on tuman bo'limi tomonidan ijro ishi qo'zg'atilib, ijro ishi yuritilishiga erishgan.
X.A. undiruvchi turmush o'rtog'i I.Ch foydasiga 2019 yildan 
2023 yilga qadar aliment qarzini o'z vaqtida to'lashdan bo'yin tovlab kelganligi sababli jinoyat ishlari bo'yicha Qumqo'rg'on tuman sudining 2023 yil 18 iyuldagi qaroriga ko'ra O'zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasiga asosan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi qo'llangan.
Shundan so'ng, X.A. turmush o'rtog'i I.Ch. bilan 2023 yil 
10 sentyabrь kuni telefon orqali gaplashib, qizi M.X.ni Sherobod tumanida maktabda o'qishini davom ettirishi uchun Qumqo'rg'on tumanidagi 84-sonli maktabdan hujjatlarini olib ketishiga rozilik bildirib, I.Ch.ni Qumqo'rg'on tumaniga chaqirgan. X.A. chaqiruviga ko'ra kelgan turmush o'rtog'i I.Ch.ni Qumqo'rg'on tumani, “A” mahallasi hududida shu kuni soat 1000 larda kutib olib, o'zining g'arazli niyatini amalga oshirishlik uchun, uni maktabga olib bormasdan, o'zining boshqaruvida bo'lgan elektromopedda tumanning “Ya” mahallasida joylashgan “I.O'.” fermer xo'jaligi dala maydoniga “makkapoyani” sug'orish bahonasida olib borib, “makkapoya” ichiga to'shalgan gilam ustida o'zaro suhbatlashib turib, yon atrofda hech kim yo'qligidan foydalanib, I.Ch.ni o'ldirish maqsadida qo'llari bilan bo'yin sohasidan bo'qqan. Shunda, I.Ch. X.A.ga qo'llari va oyoqlari bilan qarshilik ko'rsatmoqchi bo'lganida X.A. shimining kamari bilan I.Ch.ning ikki oyog'ini, ichki maykasi bilan ikki qo'lini bog'lab, uni qarshilik ko'rsata olmaydigan ojiz ahvolga keltirib, bo'g'ib hushsiz holatga keltirgan hamda o'zi olib kelgan belkurak bilan I.Ch.ning bo'yin sohasiga bir necha marta zarba berib, javobgarlikni og'irlashtiruvchi holatda qasddan o'ldirgan.
Shuningdek, sudlanuvchi X.A. jinoiy harakatlarini davom ettirib, I.Ch.ni o'lganiga ishonch hosil qilgach, sodir etgan jinoyatini yashirish va jinoiy javobgarlikdan qutulib qolish maqsadida, I.Ch.ning sumkasidan fuqarolik pasporti va boshqa hujjatlarini olib, ushbu hujjatlarni yashash uyiga olib kelib, fuqarolik pasporti va boshqa hujjatlarni yashash xonadonidagi o'choqqa tashlab, yoqib yuborib, o'ta muhim ahamiyatga ega bo'lgan hujjatlarni qasddan nobud qilgan.
Jinoyat ishlari bo'yicha Qumqo'rg'on tuman sudining 2024 yil 
9 fevralь kunidagi hukmi bilan sudlanuvchi X.A.ga O'zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan 16 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi, JKning 227-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan 2 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi, JKning 
59-moddasiga asosan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazolarni qisman qo'shib jinoyatlar majmui tariqasida uzil-kesil o'tash uchun 
17 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. 
Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'ati apellyatsiya instantsiyasining 2024 yil 26 mart kunidagi ajrimi bilan birinchi bosqich sud hukmi o'zgarishsiz qoldirilgan.
Xulosa sifatida shuni ta'kidlash joizki, inson, uning hayoti, shaxsi va boshqa huquqlari eng oliy ne'mat. Ushbu huquqlar Konstituttsiya va boshqa qonunlar bilan himoya qilinadi.
 
 
 
Surxondaryo viloyat sudi 
sudьya katta yordamchisi  B.Normurodov

 

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
2 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?