Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
Jinoyat ishini sud majlisida ko'rib chiqish tartibi
Qonunlar / 2024-03-25

O'zbekiston Respublikasining joriy qonunchiligi bo'yicha sudlarda jinoyat ishining ko'rilish tartibi O'zbekiston Respublikasi qonunlari va jinoyat-protsessual kodeksi talablari asosida olib boriladi. Jumladan, jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasida sudlarda jinoyat ishlarining ko'rilish tartibi belgilangan bo'lib, unga ko'ra, barcha sudlarda jinoyat ishlari oshkora ko'riladi, bundan:
-davlat sirlarini qo'riqlash manfaatlariga zid keladigan hollar;
-jinsiy jinoyatlar to'g'risidagi ishlar ko'rilayotgan hollar mustasno.
Sudlarda jinoyat ishlarini oshkora ko'rish sudning tashabbusi bilan yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosiga asosan audio yoki videoyozuvdan foydalangan holda, yohud videokonferentsaloqa rejimida ham o'tkazilishi mumkin. Shuningdek, sud majlisida yopiq tarzda olib boriladigan jinoyat ishlari ham mavjud bo'lib, unga ko'ra:
-18 yoshga to'lmagan shaxslarning jinoyatlari to'g'risidagi ishlarni;
-fuqarolarning shaxsiy hayoti haqidagi ma'lumotlarni yoki ularning sha'ni va qadr-qimmatini kamsitadigan ma'lumotlarni oshkor qilmaslik maqsadida hamda jabrlanuvchining, guvohning yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning, xuddi shuningdek ular oila a'zolarining yoki yaqin qarindoshlarining xavfsizligini ta'minlash taqozo etilgan hollarda;
-yohud boshqa ishlarni sud ajrimi chiqarigan holda yopiq sud majlisida ko'rishga yo'l qo'yiladi.
Shaxsiy yozishma va shaxsiy telegraf xabarnomalari ochiq sud majlisida faqat bu xat va xabarlarni jo'natgan hamda olgan shaxslarning roziligi bilan o'qib eshittirilishi mumkin. Aks holda ular yopiq sud majlisida o'qib eshittiriladi va tekshiriladi, ishni yopiq sud majlisida ko'rish barcha protsessual qoidalarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi, ishni yopiq sud majlisda ko'rish to'g'risidagi sud ajrimi butkul sud muhokamasiga nisbatan yoki uning alohida qismiga nisbatan chiqarilishi mumkin, biroq bu ajrim sud majlisiga yig'ilganlarga taalluqli bo'lib, jinoyat protsessi ishtirokchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bundan tashqari, yopiq sud majlisida videokonferentsaloqa tizimidan foydalanishga yo'l qo'yilmaydi hamda bu turdagi sud majlislarini audio yoki videoyozuvga olish ham amalga oshirilmaydi. Sud, sudlanuvchining va jabrlanuvchining yaqin qarindoshlarini, shuningdek boshqa shaxslarni yopiq sud majlislarida tekshiriladigan holatlar to'g'risidagi ma'lumotlarni oshkor qilganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantirib, ularning bu sud majlislarida hozir bo'lishlariga ruxsat berishga haqli. Sud majlisi zalida tartibni saqlab turish uchun zarur bo'lgan hollarda, sud ayrim shaxslarni sudning ochiq sud majlislarida hozir bo'lishini taqiqlashga haqli. Sud zalida ovozlarni yozib olish, fotosuratga, videoyozuvga va kinotasvirga olishga faqat sud majlisida raislik qiluvchining ruxsati bilan yo'l qo'yiladi va bu haqida tegishli tartibda ajrim chiqariladi.
Sud hukmlari, ajrimlari va qarorlari esa barcha hollarda oshkora e'lon qilinadi. Sudning qonuniy kuchga kirgan qarorlari jinoyat protsessi ishtirokchilarining roziligi bilan yoki shaxsi mavxumlashtirilgan shaklda sudning rasmiy veb-saytida e'lon qilinishi mumkin, biroq bundan yopiq sud majlislarida ko'rilgan jinoyat ishlari bo'yicha chiqarilgan sud qarorlari mustasno. Oshkoralikni kengaytirish uchun sudlar zarur hollarda ommaviy axborot vositalari xodimlarini, tegishli jamoat birlashmalarini va jamoalarni bo'lajak sud majlislari to'g'risida xabardor qilishi, shuningdek sud majlislarini bevosita korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda, fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlarida hamda ta'lim muassasalarida o'tkazishi mumkin. Sudlarda jinoyat ishlarining oshkora ko'rilish printsipini cheklaydigan qo'shimcha talablarni joriy etish taqiqlanadi, bundan jinoyat-protsessual kodeksida to'g'ridan-to'g'ri nazarda tutilgan hollar mustasno.

Maqolani yozishda internet ma'lumotlaridan foydalanildi.


Surxondaryo viloyat sudi
sudьya katta yordamchisi Dj.Mamataliyev

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
9 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?
Ha!
2%
Yo'q!
1%
Nima ekan "OpenByudjet"???
100%
Jami: 717 ovoz berildi.