Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
Oʻzbekiston Konstitutsiyaviy burchimiz haqida nimalarni bilasiz
Qonunlar / 2023-11-20

Oʻzbekiston Konstitutsiyasi oʻn ikkinchi chaqiriq bilan respublika Oliy Kengashining oʻn birinchi sessiyasi 1992-yil 8-dekabr kuni qabul qilingan. Shu kundan eъtiboran, Oʻzbekistonda 8-dekabr umumxalq bayrami sifatida nishonlanib kelinadi.

Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini eъlon qilgan sanadan eъtiboran dunyo sahnida yangi, suveren davlat qaror topgan boʻlsa, birinchi Konstitutsiya qabul qilinishi barobarida mustaqillikning huquqiy tamal toshi oʻrnatilgan.

 

Konstitutsiyaning yuridik kuchi

 

Konstitutsiyaga koʻra, Oʻzbekiston – Prezidentlik boshqaruv shaklidagi suveren demokratik respublika hisoblanadi. Konstitutsiyada davlatni, jamiyatni rivojlantirishning demokratik omillari belgilab berilgan boʻlib, unda Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai hisoblanishi koʻrsatib oʻtilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega: prezident Konstitutsiyaga, qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega boʻlgan farmonlar, qarorlar, farmoyishlar qabul qiladi.

 

Oʻzbekiston Konstitutsiyasida jamiyat hamda davlatning hayotidagi eng muhim masalalar umumiy ovoz (referendum)ga qoʻyilib, hal qilinadi.

Konstitutsiyada Oʻzbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan respublika Oliy Majlisi hamda prezidenti ish olib borishi koʻzda tutilgan boʻlib, Davlat hokimiyati esa uchga – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyatiga boʻlinadi.

 

Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili oʻzbek tilidir. Biroq, respublika hududida istiqomat qiluvchi barcha millat hamda elatlarning tillari, urf-odatlari ularning anъanalari hurmat qilinishini taъminlanishi, rivojlanishlari uchun shart-sharoit yaratilishi ham nazarda tutilgan.

Konstitutsiyada, har kim erkinlik hamda shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega ekanligi koʻrstilgan. Unga koʻra, hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Oltinsoy tuman Adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi mutaxassisi

X.N.Rasulov

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
12 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?