Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko'rsatish kabi jinoyatlarni tasniflash
Qonunlar / 2023-11-04

 

Mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklari Konstituttsiya va qonun hujjatlari bilan himoya qilinmoqda. Biroq ushbu huquq va majburiyatlarni bajarishda fuqarolarning o'z burchlariga nisbatan qarashlari turlicha qolmoqda. Xususan, yillar daomida hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko'rsatish kabi jinoyatlar tobora ko'payib bormoqda.
Qonun chiqaruvchi jamiyatda fuqarolar rioya etishi majbur bo'lgan muayyan tartibni belgilab beradi. Shu munosabat bilan ba'zi bir mas'ul mansabdor shaxslarga, xususan – hokimiyat vakillariga majburiy ko'rsatmalar berish bo'yicha muayyan vakolatlar berilgan.
Jinoyat kodeksining 219-moddasiga qarshilik ko'rsatish, ya'ni xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga faol qarshilik ko'rsatish —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilangan.
Mazkur turdagi jinoyatlarda jamiyat va davlat manfaatlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, jamoat birlashmalarining bir me'yorda faoliyat yuritishi, hokimiyat vakili yoki o'zining fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsning shaxsiyati hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko'rsatish ob'ekti hisoblanishi ko'rsatilgan.
Masalan, sudlanuvchi H.A.M. va O.S.A. 2023 yil 24 iyunь kuni soat taxminan 12:00larda o'zaro jinoy til biriktirib, bir guruh shaxs bo'lishib, fuqarolik ishlari bo'yicha Denov tumanlararo sudining 15.05.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “S.T” MChJ va qo'shimcha javobgar sifatida o'zi va turmush o'rtog'i Sh.Q.dan undiruvchi “Qishloqqurilishbank” Sho'rchi filiali foydasiga jami 292.729.800 so'm kredit qarzdorligini undirish va garov mulki sifatida ko'rsatilgan o'ziga tegishli tegishli bo'lgan “Labo” rusumli 75 R 184 NA davlat raqamli avtomashinasini MIB tuman bo'limi davlat ijrochisi F.B.A. xatlab jarima maydonchasiga olib borish uchun “S.T” MChJga tegishli bo'lgan savdo do'koni yoniga borgan vaqtida A.H. va S.O. davlat ijrochisi B.F.ga faol qarshilik ko'rsatishib, B.F.ni qo'llari bilan urib oyoqlari bilan tepib tan jarohati yetkazishgan hamda S.O. qo'liga tosh bo'lagini olib, B.F.ni quvib ketishi oqibatida davlat ijrochisi ijro ishini oxiriga yetkaza olmagan.
Jinoyat ishlari bo'yicha Sho'rchi tuman sudining 2023 yil 14 avgust kunidagi hukmi bilan sudlanuvchi X.A.M.ga O'zbekiston Respublikasi JKning 219-moddasi 2-qismi bilan ushbu kodeksning 60,61-moddalari tartibida uzil-kesil 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish, sudlanuvchi O.S.A.ga esa JKning 219-moddasi 2-qismi bilan ushbu kodeksning 62-moddasi tartibida o'tash uchun uzil-kesil 2 yil 10 oy
18 kun ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'ati apellyatsiya instantsiyasining 2023 yil 14 sentyabrь kunidagi ajrimi bilan jinoyat ishlari bo'yicha Sho'rchi tuman sudining 2023 yil 14 avgust kuni hukmi o'zgarishsiz qoldirilgan.
Bu kabi jinoyatlarni tahlil qilishda jinoyatning motiv va maqsadiga alohida e'tibor qaratish lozim. Avvalo, hokimiyat vakillari qatoriga ijro etilishi majburiy bo'lgan qonuniy ko'rsatmalar berish huquqi berilgan mas'ul mansabdor shaxslar kiritiladi. Bular huquqni muhofaza qiluvchi, nazorat qiluvchi organlar xodimlari: prokurorlar, ichki ishlar xodimlari, DXX, soliq xizmati xodimlari va hokazo, shuningdek, qonunga asosan, huquq-tartibotni qo'riqlash bo'yicha asosiy yoki qo'shimcha vazifalarni amalga oshiruvchi shaxslardan iborat.
Xulosa sifatida shuni aytish lozimki, ushbu turdagi jinoyatni to'g'ri kvalifikatsiya qilish uchun birinchidan, qarshilik ko'rsatish xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga yo'naltirilganligini, ikkinchidan, qarshilik ko'rsatish xizmat vazifasi yoki fuqarolik burchini ijro etish vaqtida sodir etilganligini aniqlash lozim. Shu holatda ushbu turdagi jinoyatlarga jazo tayinlash me'yoriy holda amalga oshiriladi.

 

Surxondaryo viloyat sudi
jinoyat ishlari bo'yicha
sudlov hay'ati
sudьya katta yordamchsisi B.Normurodov

 

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
1 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?