Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
Yangilanayotgan konstitutsiyada inson huquqlari himoyasi
Qonunlar / 2023-03-27

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2023 yil 14 martdagi “O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi referendumini o'tkazish haqida”gi qaroriga ko'ra joriy yilning 30 aprelь kuni referendum o'tkazish belgilangan.
Konstitutsiyaning yangi tahriri ijtimoiy, demokratik-huquqiy va chinakam xalqparvar davlatchilik asoslarini yaratish, aholi farovonligini oshirish, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada yuksaltirish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirishda muhim omil bo'lishini inobatga olgan holda, konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyatini aholiga keng tushuntirish va tizimli yetkazish zarurligi belgilangan.
O'zbekiston Respublikasining referendumi O'zbekiston Respublikasining qonunlarini va boshqa qarorlarni qabul qilish maqsadlarida jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishidir.
Referendum saylovlar bilan bir qatorda xalq irodasining bevosita ifodasidir. Referendumda qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuchga ega bo'ladi. Agar referendumda qabul qilingan qarorlarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, referendumda qabul qilingan qarorlar faqat referendum yo'li bilan bekor qilinishi yoki o'zgartirilishi mumkin. kuzatuvchilar barcha saylovlarda qatnashishi mumkinligi belgilandi.
Referendum fuqarolarning o'z xohish-irodasini umumiy, teng va to'g'ridan-to'g'ri bildirishi asosida yashirin ovoz berish yo'li bilan o'tkaziladi.
Referendum o'tkazuvchi uchastka komissiyasi a'zoligiga nomzodlar fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taklif etilib, bu nomzodlar xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi hamda tegishli referendum o'tkazuvchi okrug komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.


Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari bo'yicha Oltinsoy tuman sudining tizimni boshqarish va xizmat ko'rsatish muhandisi
QURBONOV ShUHRAT JO'RAQULOVICh

 

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
5 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?