Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
“Inson huquqlari” haftaligi
Qonunlar / 2023-02-27

Inson huquqi-bu fuqarolik jamiyatida, huquqiy davlatda eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson tug‘ilishi bilan unda tabiy huquq hisoblangan yashash huquqi bilan birgalikda shu jamiyatda o‘rnatilgan va huquqiy jihatdan kafolatlangan ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy va shaxsiy huquqlarga ega bo‘ladi. Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 2-moddasida qayd etilishicha, har bir insonni irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlaridan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishdan, mol-mulki, tabaqasidan qatiy nazar ushbu Deklaratsiyada e’lon qilingan barcha huquq va erkinliklarga ega bo‘lishi zarurdir.

Mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash masalasi demokratik islohotlarning bosh mezoniga aylanib bormoqda.

Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar milliy qonunchilikka va huquqni qo‘llash amaliyotiga tizimli ravishda implementatsiya qilinmoqda. Bugunda O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan 80 dan ortiq inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi halqaro hujjatlar milliy qonunchiligimizda o‘z aksini topmoqda.

Bosh qomusimiz hisoblangan Konstitutsiyamizning ham 30 dan ziyod moddalari bevosita inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, ularni kafolatlash va himoya etilishiga bag‘ishlangan.

Bu sohada davlat siyosatining samarali amalga oshirilishiga, inson huquqlari va erkinliklariga hurmat munosabati shakllanishiga, mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘si yanada mustahkamlanishiga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy va siyosiy-huquqiy reyting hamda indekslardagi mavqei yaxshilanishiga xizmat qilishga qaratilgan, O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha izchil olib borilayotgan davlat siyosatini amalga oshirishning asosiy vazifalari va yo‘nalishlarini belgilab beruvchi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi 2020 yil 22 iyun qabul qilingan edi.

Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ham «Inson qadri uchun» tamoyili asosida inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash har bir ustuvor yo‘nalishning mazmun mohiyatini tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 7 fevral kunida qaroriga asosan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini joriy etilishi ham bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlarda yana bir muhim qadam bo‘ldi.

 

 

 

Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha       

                              sudlov hay’ati sudyasi M.Malikov

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
5 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?