Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
SABABSIZ DARS QOLDIRGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK?

Maktablarga sababsiz kelmagan farzandlarning ota-onalariga nisbatan Mamuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga binoan jarima jazosi qo‘llanilishi belgilangan. Hamda bugungi kunga kelib ota-onalarga nisbatan jarima jazosi qo‘llanilishiga oid holatlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Keling taqqoslash maqsadida ta’lim tizimi rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasiga nazar tashlasak.

Bolalarni maktabga bormaganligi uchun xorijiy davalatlarda ota-onalarga nisbatan turlicha jazo choralari qo‘llaniladi. Jumladan, Irlandiyada 2000-yilda qabul qilingan “Ta’lim (farovonlik) to‘g‘risidagi” qonunga binoan agar farzand maktabga bormaydigan bo‘lsa (kasalligi va boshqa sabablar) ota-onalar bu haqida maktab ma’muriyatiga xabar berishi (imkon qadar yozma tarzda) lozimligi belgilangan. Ushbu qonunga ko‘ra ota-onalar yoki vasiylar o‘z farzandining maktabga borishini va ta’lim olishini ta’minlash uchun qonuniy majburiyatlarga ega. Farzandlari maktabga bormaydigan bo‘lsa,
ota-onalarga ogohlantirish yuboriladi. Ogohlantirishda farzandlari maktabga kelmayotganligi va bu holat yana davom etadigan bo‘lsa qonuniy choralar ko‘rilishi ko‘rsatib o‘tiladi.

Agar ota-onalar ogohlantirishga rioya qilmaydigan bo‘lsalar ularga nisbatan jazo choralari, jumladan jarima jazosi yoki bir oygacha qamoq (ma’muriy) jazosi qo‘llanilishi belgilangan. Jarima miqdori farzandi maktabga kelmagan har bir kun uchun oshirib boriladi.

Buyuk Britaniyada 1996-yilda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risidagi” qonunga binoan agar bolalar sababsiz maktabga kelmagan bo‘lsalar ota-onalar huquqbuzarlikda aybdor deb topiladilar va darsga muntazam qatnashmaslik holati bo‘yicha jarima jazosiga (ming funt sterling) tortiladilar. Bundan tashqari ota-onalar tomonidan ushbu huquqbuzarlik yana qayta sodir qilinsa 2500 funt sterlinggacha jarima yoki 3 oygacha qamoq jazosi qo‘llanilishi belgilangan.

Kanadada farzandlari maktabga bormagan ota-onalarga nisbatan jarima jazosi qo‘llaniladi. Bundan tashqari jazo tariqasida ota-onalar majburiy ota-onalarni tarbiyalash kurslarioilaviy maslahat kurslariga jalb qilinishlari mumkin.

Singapurda ota-onalar o‘z farzandlarining maktabga borishi uchun e’tiborsizlik qiladigan bo‘lalar ular farzandlari bilan birgalikda Majburiy ta’lim kengashiga chaqirtiriladilar. Bundan keyin ham salbiy holat davom etadigan bo‘lsa ularga qonuniy tartibda jarima jazosi qo‘llniladi.

Germaniyada farzandlari maktablarga kelmaganliklari uchun ota-onalar ogohlantiriladi. Agar yana ushbu holat davom etsa ularga nisbatan jarima jazosi (1250 yevrogacha) qo‘llaniladi. Bundan tashqari ota-ona farzandini maktabga yuborishdan bosh tortsa yoki bolasini nazorat qila olmasa mahalliy bolalar xizmatlari yoki ijtimoiy xizmat xodimlari politsiyadan ularni maktabga kuzatib borishlarini talab qilishi yoki og‘ir oqibatlarda ota-onani ota-onalik huquqidan mahrum qilish (qisman yoki to‘liq) uchun sudga murojaat qilishlari mumkin. Bundan tashqari 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ham dars qoldirganliklari uchun qamoq tarzidagi jazo chorasi qo‘llanilishi mumkin.

Qozog‘istonda farzandlari maktabga bormaganligi uchun aybdor bo‘lgan ota-onalarga nisbatan “Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeks”ning 127-moddasiga (Voyaga etmaganni tarbiyalash va (yoki) o‘qitish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik) binoan hamda 409-moddasi (Qozog‘iston Respublikasining ta’lim, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qonunchiligini buzish) asosan jarima yoki ma’muriy qamoq (10 sutkagacha) jazosi qo‘llaniladi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
7 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?