Mehnat bozorida hech qiynalmasdan o‘z o‘rnini topadi
Bugun, 24 fevral kuni Oltinsoy tumanidagi 8-IDUMda “Oltinsoy tumanidagi maktab o‘quvchilarini ikkita xorijiy til va bitta kasbga o‘rgatish” mavzusida o‘quv-amaliy seminari tashkil etildi.
Seminarda Oltinsoy tumani hokimi o‘rinbosari Xayrulla Qosimov, Oltinsoy tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Qahhor Obilov hamda tumandagi maktablar direktorlari ishtirok etdi.
O‘quv-seminarga tashrif buyurgan ishtirokchilar dastlab o‘quv maskanida tikuvchilik kasb sirlarini o‘rganayotgan o‘quvchi qizlar faoliyati hamda kasbiy ta’lim xonalari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, seminar qatnashchilari maktabda xorijiy til fan o‘qituvchisi Nargiza Muratshinaning dars taqdimotlari, axborot texnologiyalari sohasida o‘z bilim va tajribalarini oshirayotgan . yosh dasturchilar hamda maktab bog‘ida ko‘chatchilik bilan shug‘ullanayotgan o‘quvchilar tomonidan yetishtirilayotgan ko‘chatlar va endigina ekilgan tok, anor qalamchalari parvarishi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
—Maktabimiz hovlisida sartaroshxona ham qurdik,—deydi 8-IDUM direktori Hasan Qurbonov.—Shu kasbga qiziquvchi yoshlarni tanlab olib, ularni sartaroshlikka tayyorlayapmiz. O‘quvchilar qisqa muddatda o‘zlarining mijozlarini ham topishdi. Yosh dasturchilarimizga esa kompyuter xonasini kompyuter jamlanmalari bilan maktabimizni bitirib ketgan sobiq o‘quvchimiz to‘liq jihozlab berdi. Mana bugun zamonaviy kompyuterlarda ishlayotgan
Tadbir davomida Oltinsoy tumani hokimi o‘rinbosari Xayrulla Qosimovning tumandagi umumta’lim maktablarida kelajakda tashkil etiladigan zamonaviy kasblar hamda xorijiy tillarning o‘qitilishi yuzasidan ma’ruzasi tinglandi.
— Prezidentimizning o‘quvchi-yoshlarga umumta’lim maktablarida tuman va mahallalarning ixtisoslashuvidan kelib chiqib 64 ta kasb-hunarni o‘rgatishni yo‘lga qo‘yish tashabbusi har bir ota-onaning orzu-niyati ro‘yobi yo‘lida muhim qadam bo‘ldi, —dedi tuman hokimi o‘rinbosari Xayrulla Qosimov seminarda.— Davlatimiz rahbari umumta’lim maktablari bitiruvchilarining 50 foizi mehnat bozoriga biror-bir kasbni egallamasdan kirib kelayotganligini, ularga kasb o‘rgatilsa, bu bir qator ijtimoiy muammolarga yechim bo‘lishini ta’kidladi. Shunday ekan, har bir maktab jamoasi o‘quvchining qaysidir kasbga bo‘lgan qiziqishidan kelib chiqib, o‘sha kasb ustalari bilan kelishgan holda ularni jalb qilib,o‘quvchilarni mehnat bozoriga kasb-hunarli qilib kuzatishlari lozim. Tumanimizda bog‘dorchilikka, dehqonchilik qilishga qiziqadaigan o‘quvchilar ko‘pchilik. Ularga kasb sirlarini o‘rgatishga davlatimiz rahbari tomonidan berilayotgan topshiriq sifatida mas’uliyat bilan yondoshish talab etiladi, dedi X.Qosimov.
Maktab direktorlari tomonidan berilgan savollarga X.Qosimov hamda Q.Obilovlar javob berishdi.
Seminarda maktablar direktorlariga har haftaning shanba kunida sektorlar kesimida maktablarda mana shunday seminarlar tashkil etish va maktab o‘quvchisini maktabni bitirguncha bitta kasb egasi va ikki tilni mukammal biladigan holatda mustaqil hayotga yo‘naltirish vazifasi topshirildi.
Normurod TEMIROV,
Odiljon SODIQOV.
© Oltinsoy tumani hokimligi veb-saytlari 2023