Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
HOKIM MAKTABLARGA KITOB SOVG‘A QILDI

Bugun, 22 fevral kuni Oltinsoy tumani hokimi, 1-sektor rahbari Bahrom Maxmatraemov hududdagi 6-umumta’lim maktabida bo‘ldi. Tuman hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida yoshlar orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida maktab kutubxonasida kitobxon o‘quvchilar bilan dildan suhbatlashdi.

Taassurotlarga boy, hayajonli daqiqalarda maktabning 7-B sinf o‘quvchisi So‘g‘diyona Ziyodullaeva, 8-A -sinf o‘quvchilari Sabrina Qulnazarova, Jasmina Qulnazarova, 8-B-sinf o‘quvchilari Sevara Po‘latova, Dilafruz Melimamatovalar o‘zlari o‘qib chiqqan Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, Said Ahmadning “Ufq” romanlaridagi qahramonlar  haqida yig‘ilganlarga gapirib berdilar. Maktabning 2- B-sinf o‘quvchisi Nurizar Mamatrayimova  esa yaqindagina o‘zi yozgan “Oltinsoyim” va “Surxondaryo” she’rlarini ifodali o‘qidi.

Albatta, tuman rahbari bilan o‘quvchilarning kutubxonada kechgan muloqotlari ularning bir umr esidan chiqmaydi. Chunki, tuman hokimi insonning kamolotga yetishi omili, hayotda erishadigan yutuqlari bosh sababchisi astoydil o‘qish va kitob bo‘lishini yoshlarga uqtirdi. Suhbat yakunida o‘quvchilarni kitobga oshno bo‘lishga chorlab, ularga kitoblar sovg‘a qildi hamda maktab kutubxonasiga 50 dona badiiy adabiyotlar tuhfa etdi.

Shundan so‘ng tuman hokimi B.Maxmatraemov, 1-sektor hududidagi 8-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida ham bo‘ldi. Maktabda o‘quvchilarga ikki kasb va ikki til o‘rgatish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. 11 nafar hunarmand qizlarga Nasiba Amirova, Dilafruz Ibragimova, Dilshoda Meliqulovalar  tomonidan tikish-bichish sirlari o‘rgatilayotgan bo‘lsa, Abdug‘affor Mamatqulov esa o‘g‘il bolalarga bog‘dorchilik sir-sinoatlarini o‘rgatmoqda. Ikki tilni o‘rganayotgan o‘quvchilarga ingliz tili fani o‘qituvchisi Nargiza Muratshina yaqindan yordam bermoqda.

Tuman hokimi B.Maxmatraemov  9-sinf o‘quvchilari Sevinch Ramazonova, Nilufar Bozorova, 10-sinf o‘quvchisi Alfaryoz Omonov, 8-sinf o‘quvchisi Dushan Nurillaev, 10-sinf o‘quvchilari Fazilat Ismoilova, Rayhon Abdurahmonovalar bilan ularning o‘qigan kitoblari xususida suhbatlashdi. Kitobxon o‘quvchilarga hamda maktab kutubxonasiga 50 dona kitob sovg‘a qildi. 

  Tuman rahbari maktabda birinchi navbatda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yigit va qizlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan ishtiyoqlarini oshirish zarurligiga e’tiborni qaratdi.

   Normurod TEMIROV,

  Odiljon SODIQOV.

 

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
8 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?
Ha!
1%
Yo'q!
1%
Nima ekan "OpenByudjet"???
100%
Jami: 710 ovoz berildi.