Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
Korruptsiya nima o'zi va u nimadan boshlanadi?

Qonun hujjatlarida korruptsiya tushunchasiga quyidagicha ta'rif berilgan: «Korruptsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo'sinda, g'ayriqonuniy shaxsiy naf ko'rish maqsadida, o'z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir».
Xalq tilida soddagina qilib - poraxo'rlik, keng ma'noda korruptsiya, deb ataluvchi hodisa barcha islohotlar ildiziga bolta urarkan, uni keltirib chiqaruvchi sabab va qarshi kurash choralarini bilishimiz lozim bo'ladi.
Korruptsiya nima o'zi? - Qonun hujjatlarida korruptsiya tushunchasiga quyidagicha ta'rif berilgan: «Korruptsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo'sinda, g'ayriqonuniy shaxsiy naf ko'rish maqsadida, o'z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir».
Aslida korruptsiya biror mansabdor shaxsning qonunchilik va axloqqa zid ravishda o'zining boshqaruv vakolatlari va huquqlaridan shaxsiy manfaatlar maqsadida foyda olishidir.
Iqtisodchi Berdxenning fikriga ko'ra, makroiqtisodiy rivojlanish ko'rsatkichiga eng katta salbiy to'lqinni olib kiruvchi omil aynan korruptsiya hisoblanadi. Uning ko'rinishlari turlicha bo'lishi mumkin: poraxo'rlik, tovlamachilik, firibgarlik, nepotizm va h.k.
Korruptsiyaning kelib chiqish ildizi qayerda? Uning kelib chiqish sabablarini aniqlash, korruptsiyaga qarshi kurashning samarali yo'llarini topish bo'yicha mutaxassislar, turli institutlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuzlab, minglab tadqiqotlar o'tkazilgan. O'ziga xos reytinglar tuzilib, har xil ko'rsatkich va raqamlar qayd etilgan jadvallar yaratilgan. Hatto korruptsiyaning xilma-xil ko'rinishidagi formulalari ham ishlab chiqilgan. Hanuzgacha, barcha millatlar uchun qo'l keladigan qarshi kurashda asqotadigan yagona yechim yo'q.
«Asr vabosi» – ya'ni, korruptsiyaning kelib chiqishi inson nafsidanmi? Albatta, bizning bu ehtimolimiz bejizga emas. Chunki insoniyat paydo bo'libdiki, uni nafsi bor, nafs bo'lgan joyda suiiste'molchiliklar bor.
Keling, shu o'rinda, korruptsiyaning kelib chiqish sabablariga e'tibor qarataylik.
Tadqiqotchilar korruptsiyaning asosiy sabablari sifatida to'rtta omilni ko'rsatadilar.
Birinchisi - iqtisodiy sabablar. Bu haqda, muhtaram Prezidentimiz o'zining chiqishlarida ko'p marotaba so'z yuritib keladi. Korruptsiyaning bu ko'rinishi ijtimoiy va iqtisodiy hayotni bevosita ma'muriy yo'l bilan boshqarishga intilgan hokimiyat va byurokratiyaning mavqei baland bo'lgan davlat sharoitida rivoj topadi. Iqtisodiy faoliyatga nisbatan o'rnatilgan turli xildagi cheklashlar, amaldorlarning keng, nazoratdan xoli, cheklanmagan yo ruxsat berish, yo taqiqlash vakolati poraxo'rlikka zamin yaratadi. Shu bilan bog'liq holda, yirik mablag'larga ega bo'lgan ayrim ishbilarmonlar o'z daromadlarini ko'paytirish maqsadida va raqobatda alohida imtiyozlarga ega bo'lish uchun hukumat amaldorlarini pora evaziga sotib olib, ularni o'z ixtiyorlariga bo'ysundirishga intiladilar.
Ikkinchisi - huquqiy sabablar. Korruptsiyaning rivoji qonunlarning sifatiga bog'liqdir. Mukammal bo'lmagan qonunlar ishlamaydi va poraxo'rlar bundan ustalik bilan foydalanadilar.
Uchinchisi - institutsional sabablar bo'lib, ularga avvalo, davlat boshqaruvi tizimidagi nuqsonlar, demokratik institutlarning kuchsizligi, shuning natijasida, hukumat faoliyatining yopiqligi yoki fuqarolik nazoratidan holiligi kiradi.
To'rtinchisi - ijtimoiy sabablar yoki jamiyatdagi muhit, aholining huquqiy bilimi, madaniyat darajasi, ma'naviyati, uyushqoqligi va jamoat faolligi pastligi kabi omillardir.
Xulosa shundaki, korruptsiyani keltirib chiqaruvchi omillar ana shu hodisa yashab turgan jamiyat yaratgan tizimning nosog'lom yashashida namoyon bo'ladi. Shu o'rinda alohida ta'kidlab o'tish lozimki, ommaviy axborot vositalarining korruptsiyaga qarshi kurashdagi asosiy vazifasi ijtimoiy kayfiyatni yoritish: cho'qqining o'tkir nuqtasiga yetib kelganimizni eslatib turishdan iborat.

 

SURXONDARYo VILOYaT SUDI JINOYaT
IShLARI BO'YIChA SUDLOV HAYЪATI
ARXIV MUDIRI
TILOVOV ERKIN XASANOVICh

 

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
2 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?