O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Abdullaeva Oybarchin Bekmurodovna Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xurramov, tuman hokimi o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Xidirova, tuman Kengashi deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bilan xamkorlikda 2023 yil 29 mart kuni “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmuni va mohiyatini tushuntirish hamda referendum o‘tkazilishi bo‘yicha 39-sonli umumta’lim maktabida seminar o‘tkazildi.
Seminarda O‘zbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasi va unga kiritilayotgan o‘zgartishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
© Oltinsoy tumani hokimligi veb-saytlari 2023