Shuningdek, uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Abdullayeva Oybarchin Bekmurodovna, Surxondaryo viloyati davlat Soliq boshqarmasi boshlig‘i Narmanov Erkin Abdualimovich, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, hamda tumandagi tashkilot va korxona rahbarlari ishtirok etishdi.
Ishtirokchilarga Konstitusiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishdan ko‘zlangan maqsad, aholi tomonidan bildirilayotgan takliflarning Konstitusiyaviy komissiyada ko‘rib chiqilishi, qabul qilinishi bo‘yicha olib borilgan ishlar hamda bu borada amalga oshirilayotgan jarayonlar haqida tushunchalar berildi.
Uchrashuv so‘ngida Konstitusiyaviy qonun loyihasi muhokama qilinib, tadbir ishtirokchilari o‘zlarining fikr va mulohazalarini bildirib, takliflarini berishdi.
© Oltinsoy tumani hokimligi veb-saytlari 2023