Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
«Oila va xotin-qizlarni tizimli qo'llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Prezident Farmoni (PF–87-son, 07.03.2022 y.) qabul qilindi.
Gender tengligi / 2024-02-16
Farmonga muvofiq 2022 yil 1-sentyabrdan budjet tashkilotlaridan boshqa barcha yuridik shaxslarda oxirgi 6 oyda uzluksiz ish staji bo'lgan ayollarga har oy uchun minimal iste'mol xarajatlari miqdoridan kelib chiqib byudjet hisobidan homiladorlik va tug'ish nafaqasi to'lanadi.
2022/2023 o'quv yilidan:
OTM, texnikum va kollejlarda, sirtqi va kechki ta'limda o'qiyotgan xotin-qizlar kontraktlarini to'lash uchun 7 yilga foizsiz kredit berish uchun banklarga budjetdan har yili 1,8 trillion so'm yo'naltiriladi;
davlat OTMlarida magistraturada o'qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to'lovlari qoplab beriladi va bunga har yili kamida 200 milliard so'm ajratiladi;
xorijiy OTMlarga bakalavriat uchun – 50 nafar, magistratura uchun – 10 nafar xotin-qizlarga har yili «El-yurt umidi» jamg'armasi orqali qo'shimcha grantlar ajratiladi;
har yili 2 100 nafar ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan talaba xotin-qizlarning ta'lim kontraktlari mahalliy budjetdan to'lab beriladi;
mutaxassisligi bo'yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, lekin oliy ma'lumotga ega bo'lmagan 500 nafar xotin-qizlar har yili Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi tavsiyanomalariga asosan davlat OTMlariga umumiy kvotadan tashqari alohida test sinovlari natijalariga muvofiq kontrakt asosida o'qishga qabul qilinadi;
davlat ilmiy tashkilotlari yoki OTM doktoranturasiga xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratib boriladi.
Xotin-qizlarga dizayn, to'qimachilik, axborot texnologiyalari, tarmoqlar iqtisodiyoti, marketing va talab yuqori bo'lgan boshqa ta'lim yo'nalishlari bo'yicha ta'lim beradigan alohida universitet ochiladi.
Har yili mart oyida amaliy innovatsion loyihalar bo'yicha «Olima ayol» tanlovi o'tkazib boriladi.
Qo'mita huzurida «Olima ayollar jamiyati» tuziladi va unga xotin-qizlarni amalda qo'llab-quvvatlash va yanada rag'batlantirish uchun 50 milliard so'm ajratiladi.
Qishloq joylaridagi ayollarni kasbga o'qitish, tadbirkorlikka jalb qilish va ish bilan ta'minlash maqsadida 2023 yildan har yili nodavlat tashkilotlarga BHMning 7 ming baravari miqdorigacha grantlar ajratiladi.
Davlat boshqaruvi akademiyasida rahbar xotin-qizlarni tayyorlash bo'yicha alohida o'quv kurslari tashkil etiladi hamda har yili kamida 100 nafar xotin-qizlar o'qitiladi.
2024 yil 1 yanvargacha barcha davlat organlari va tashkilotlari, ustavida davlat ulushi 50 foiz va undan ko'p bo'lgan tashkilotlar hamda ularning tizimidagi tashkilotlar rahbarlarining kamida 1 nafar o'rinbosari xotin-qizlar orasidan tayinlanadi.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida xotin-qizlarning biznes-loyihalarini moliyalashtirish uchun 2022 yilda qo'shimcha 1 trillion so'm ajratiladi.
2022 yil 1 apreldan:
tadbirkorlikni yangi boshlayotgan xotin-qizlarga ajratilayotgan subsidiya miqdori 7 million so'mdan 10 million so'mga oshiriladi;
«Hunarmand» uyushmasi qoshidagi hunarmandchilik markazlarida kamida 40 foiz tadbirkor xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar joylashtiriladi.
2022 yilda subsidiyalarning kamida 40 foizi xotin-qizlarga yo'naltiriladi;
Ijarada turgan «Ayollar daftari»ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarga ijara to'lovining 50 foizi, ko'pi bilan 500 ming so'mgacha kompensatsiya beriladi.
2022 yil 1 apreldan:
boquvchisini yo'qotgan xotin-qizlarning:
farzandlari davlat bog'chalariga to'lanadigan ota-onalar badalidan ozod qilinadi;
3 yoshgacha farzandlari uchun nodavlat bog'chalarga budjetdan subsidiyalar ajratiladi.
to'liq quvvat bilan ishlamayotgan davlat bog'chalariga 2 yoshdan 3 yoshgacha bolalarni pullik xizmat ko'rsatish shaklida qabul qilishga ruxsat beriladi.
kechki smenada xotin-qizlar ishlaydigan korxona va tashkilotlar o'z huzurida bog'cha tashkil qilganda, ulardagi tarbiyachilarning ish haqi budjetdan qoplab beriladi.
Aliment to'lovchining boshqa qarzdorligi bo'lganda, qarzdordan undirilgan mablag'lar aliment to'lovlari bo'yicha qarzdorlik to'liq qoplangandan so'ng boshqa qarzlarlga o'tkaziladi.
Aliment to'lashdan bo'yin tovlayotgan va qidiruvga e'lon qilingan shaxslar to'g'risidagi ma'lumotlar MIBning rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi va davlat OAVlarida tarqatiladi.
Quyidagilarni belgilovchi qonun ishlab chiqiladi:
aliment bo'yicha qarzdorlik bartaraf etilgunigacha:
qarzdorning transportini boshqarish huquqini vaqtincha cheklash;
qarzdorga litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega bo'lgan davlat xizmatlarini vaqtincha ko'rsatmaslik;
aliment bo'yicha qarzdorlik mavjudligi nikoh tuzish uchun monelik qiladigan holat sifatida belgilanadi.
MIB huzurida «Aliment to'lovlari» davlat maqsadli jamg'armasi tashkil etiladi va unga 50 milliard so'm ajratiladi.
Aliment to'lovchidan 3 oyda aliment undirish imkoni bo'lmaganda jamg'armadan aliment to'lovlari to'lab berilad hamda keyinchalik qarzdordan sud qarorisiz majburiy tartibda undirib olinadi.
 
Jinoyat ishlari bo'yicha
Oltinsoy tuman sudining raisi 
K.Nazarov
 

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
4 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?