Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
Ko‘p yillik dov-daraxtlarga kadastr pasportini olish va ularga bo‘lgan huquqlaringizni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish  tartibidan xabardormisiz?
E‘lonlar / 2023-11-10

Ushbu davlat xizmati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 02.09.2020 yildagi 535-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

 

Yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning vakolatli vakillari ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqi yuzaga kelganda, boshqa shaxsga o‘tganda, bekor qilinishida, cheklanganda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

 

Arizada ko‘p yillik dov-daraxtlar o‘sadigan yer uchastkasining kadastr raqami ko‘rsatiladi hamda ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjatlar ilova qilinadi.

 

Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning so‘rovnomasi Davlat xizmatlari markazlari xodimi tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng barcha hujjatlar real vaqt rejimida tegishliligi bo‘yicha Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining boshqarmalariga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa so‘rovnoma avtomatik tarzda tegishliligi bo‘yicha Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining boshqarmalariga yuboriladi.

 

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 1 barobari va har bir gektar uchun BHMning 7 foizi.

 

Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

 

Quyidagilar ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun asos hisoblanadi:

 

taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;

hujjatlarni lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etish;

ko‘p yillik dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi;

ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmaganligi;

ko‘p yillik dov-daraxtlarning birlamchi kadastr yig‘majildining (kadastr pasporti) mavjud emasligi

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 2 ish kuni.

 

Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha reyestrdan ko‘chirma taqdim etiladi.

 

OLTINSOY TUMAN ADLIYA BO’LIMI DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI                                                                 

BO’LIM BOSHLIG’I  J.ISHNIYAZOV

Ro`yxatdan o`tish
17 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?