Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Олтинсой тумани ҳокимлиги
Oltinsoy tumanida kasb-hunarga o’qitish Markazida Uchastka saylov komissiyalari raisi, o‘rinbosar va kotibligiga nomzodlar uchun seminar treninglar davom etmoqda
Тадбирлар / 2021-08-24

Saylov – 2021. Oltinsoy tumanida kasb-hunarga o’qitish Markazida Uchastka saylov komissiyalari raisi, o‘rinbosar va kotibligiga nomzodlar uchun seminar treninglar davom etmoqda

 

Joriy yil 24 oktabrda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish maqsadida saylov jarayoni ishtirokchilarini saylov qonunchiligi bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish uchun joriy yil 16 avgustdan 12 sentabrgacha USK raisi, rais o‘rinbosari va kotiblarini interaktiv usullarda saylov qonunchiligi bo‘yicha o‘qitish ishlari amalga oshirilmoqda.

Navbatdagi seminar treninglar Oltinsoy tumanida joylashgan Oltinsoy  kasb-hunarga o’qitish Markazida davom etmoqda. Ushbu o‘quvlar 4 ta pog‘onada tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda 3-pog‘onasi bo‘lib o‘tmoqda.

Interaktiv darslar ko‘rinishida olib borilayotgan seminar treninglar yakuni bo‘yicha har bir tinglovchi maxsus ta’lim platformasida onlayn tarzda test sinovlarini topshiradilar.

Изоҳ қолдириш

Рўйхатдан ўтиш
9 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?