Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Олтинсой тумани ҳокимлиги
“Yashil makon” loyihasi doirasida
Тадбирлар / 2022-11-05

“Yashil makon” loyihasi doirasida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan e’lon qilingan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida yurtimizdagi kabi Oltinsoy tumanida ham  daraxt va buta ko‘chatlarini ekish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

 

Loyiha doirasidagi xayrli tadbirlardan Oltinsoy tuman Nogironlar jamiyati a’zolari ham chetda qolishmayapti. Jamiyat a’zolari o‘zlari yashayotgan mahalla guzarlari va ko‘chalariga ko‘chat ekish ishlarida ko‘pchilikka namuna bo‘lishmoqda.

Bugun, 5 noyabr kuni Oltinsoy tuman Nogironlar hamda Ko‘zi ojizlar jamiyati a’zolari hamkorlikda tuman markaziga olib keladigan ikki tomonlama yo‘lning chetlariga ko‘plab archa ko‘chatlari qadashdi.

  — Tuman markazi hamda aholi punktlarida ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash,hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida jamiyatimiz a’zolari «Men ham ko‘chat ekaman» tadbirida faol bo‘lish istagidalar,—deydi Oltinsoy tuman Nogironlar jamiyati raisi Sirojiddin Alimardonov.— Shuningdek, 4393 nafarni tashkil etayotgan jamiyat a’zolari o‘zlari yashayotgan hududlarda «Mahallamizni bog‘ qilaylik» aksiyasida ham faol ishtirok etishmoqda. Maqsadimiz “Yashil makon” loyihasi davomida ming tupdan ziyod ko‘chat ekib, yoshlarni yurtimizni ko‘kalamzorlashtirish ishlariga chorlashdan iborat.

Haqiqatan ham tumanda “Yashil makon” loyihasi doirasidagi amaliy aksiyalarning o‘tkazilayotganligi hududda yashil makonlar hajmi kunora ortishiga omil bo‘lmoqda.

Odiljon SODIQOV.

Изоҳ қолдириш

Рўйхатдан ўтиш
3 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?