Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Олтинсой тумани ҳокимлиги
OLTINSOYDA TUMAN HOKIMI YORDAMCHILARI UCHUN AMALIY SEMENAR O‘TKAZILDI
Тадбирлар / 2022-10-22

Sizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi PF-29-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari lavozimi tashkil etilgan edi!

Bugun Oltinsoy tumani mahallalardagi hokim yordamchilari faoliyati tanqidiy o’rganildi. Jumladan tumandagi Navro’z va Bibizaynab mahallalaridagi bandlikni ta’minlash, aholining tadbirkorligiga ko’maklashish ahvolini hokim yordamchilari Tog’aynazarov Panji va Abdullayev Hayitmurodlar hisobot berishib, amalga oshirilgan amaliyotlar haqida taqdimot qilishdi.
Mahallalarning asosiy drayverlari-issiqxona, limonchilik va bog’dorchilik bo’lib, samarali foydalanish oqibatida aholi o’z tomorqalaridan 80-100 million so’m daromad qilishmoqda!
Semenarda Surxondaryo viloyati Mahallabay ishlash Boshqarmasi boshlig’i Sh.Jo’rayev, tuman Mahallabay ishlash markazi direktori T Ko’charovlar ishtirok etishib, hokim yordamchilariga kerakli tavsiyalar berishdi!

Изоҳ қолдириш

Рўйхатдан ўтиш
1 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?