Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Олтинсой тумани ҳокимлиги
VOYAGA YETMAGANLAR O‘RTASIDA JINOYATCHILIK VA HUQUQBUZARLIKLARNI OLDINI OLISH BO’YICHA TADBIR O’TKAZILDI
Тадбирлар / 2021-09-15

2021 yil 15 sentabr kuni Oltinsoy tuman “Shakarqamish” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 22-sonli umumta’lim maktabida tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi hamda maktabning Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi Gulbahor Abdujalilova tomonidan  “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot tadbiri” o‘tkazildi.

Tadbirni maktabning ma’anaviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Muhammadi Mamatmurodov boshqarib bordi. Unda dastlab Oltinsoy tuman IIB voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektori, leytenant Elbek Gʻafforov  so‘zga chiqib, tumanda voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik  ishlar, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida   maktab, mahalla  va ota-onalar hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’ruza qildi.

Shundan so‘ng tadbirda  Oltinsoy tuman “Xalq va hayot” gazetasi Bosh muharriri Normurod Temirov so‘zga chiqib, 22-maktabda o‘qigan insonlar bugungi kunda xalq xo‘jaligining turli sohalarida yurt taraqqiyoti uchun samarali mehnat qilishayotganligini  ta’kidlab, ushbu maktabda o‘qiyotganlar orasidan huquqbuzarlar chiqmaydi, deb ishonch bildirdi.

—Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli islohotlar   xalqimizning tinch va osoyishtaligini ta’minlashga xizmat qilayotganligini alohida ta’kidladi notiq.—  Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni mamlakatimizda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish  profilaktika kuni sifatida belgilangani bolalarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, o‘smirlar orasida huquqbuzarliklarning  oldini olish tizimini mustahkamlash, ota-onalar hamda vasiylik organlarining mas’uliyatini oshirish borasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda muhim yo‘nalish bo‘lganligini alohida aytib o‘tdi.

Tadbirda maktab o‘quvchilari  Ruxshona Yo‘ldosheva, Gulrux Abdukarimova, Oygul Ergashovalar “Vatan” haqidagi she’rlardan o‘qishdi.

      Tadbir o‘quvchilarda katta taassurotlar qoldirdi.

 

Рўйхатдан ўтиш
4 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?