Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Олтинсой тумани ҳокимлиги
NAVBATDAGI QABUL BO‘LIB O‘TDI
Тадбирлар / 2021-09-10

Xalq bilan muloqot

 

NAVBATDAGI QABUL BO‘LIB O‘TDI

 

Bugun, 10 sentabr kuni Oltinsoy tuman hokimining birinchi o‘rinbosari I.Babakulov va tuman hokimi o‘rinbosari Q. Safarovlar tumandagi 15-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabining majlislar zalida murojaat bilan kelgan fuqarolarni qabul qildi.

Qabul jarayonida tuman hokimligi mutasaddilari hamda tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirok etdi.

Tuman hokimining qabuliga kelgan 70 nafardan ortiq fuqarolarning murojaati e’tibor bilan tinglandi.

Qabulda muammolar atroflicha o‘rganilib, fuqarolarning turli mavzulardagi murojaatlari muhokama qilinib, ularning ba’zilari joyida hal etildi.

—Men “Sayrak” mahallasidan keldim, - deydi O.Qudratov. - Yashash uyimdan to katta ko‘chagacha bo‘lgan yo‘lni toshlash masalasida murojaat qilgan edim. Murojaatim qabul qilinib, bu masala shu sohaga daxldor tashkilotga yuklatildi. Bundan juda mamnunman.

Albatta, bunday yuzma-yuz ochiq muloqotlar fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish imkonini berayotgani bilan ham ahamiyatlidir.

A.ODINAEV,

O.SODIQOV.

Изоҳ қолдириш

Рўйхатдан ўтиш
4 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?