Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Олтинсой тумани ҳокимлиги
“QON TOPSHIR – HAYOT IN’OM ET!”

Bugun, 29 mart kuni Oltinsoy tumani Tibbiyot birlashmasining Shoshilinch tibbiy yordam bo‘limining yangi binosida respublika miqyosida boshlangan “Qon topshir – hayot in’om et!” aksiyasi tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Aksiya doirasida hokimning birinchi o‘rinbosari Ilhom Boboqulov, hokim o‘rinbosari Xayrulla Qosimov, tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Farid Umarov, tuman SEO va JSB bosh vrachi Ramazon Jumaevlar birinchilar qatorida qon topshirishdi

—O‘zbekistonda boshlangan “Qon topshir – hayot in’om et!” aksiyasi tadbiri Oltinsoy tumani Tibbiyot birlashmasi tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanib, beg‘araz donorlik chellendji davom ettirilmoqda, — dedi Oltinsoy tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Farid Umarov. — Aksiyada tuman hokimining o‘rinbosarlari, tashkilot va korxonalar rahbarlari, tibbiyot xodimlari ham ko‘ngilli donor sifatida faol ishtirok etishdi.

Ezgu maqsadni ko‘zlab boshlangan donorlik aksiyasi qanchadan qancha og‘ir bemorlarning darddan xalos bo‘lishiga yordam beradi. Bu tashabbusning ahamiyati nechog‘li yuksak ekanligini xastalikni boshidan o‘tkazgan fuqarolar yaxshi biladi.

Aksiya doirasida qon topshirish uchun murojaat qilgan insonlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, hujjatlari qayd etilib, malakali shifokorlar nazoratida bo‘ldilar. Qo‘li yengil tibbiyot xodimlari Qon quyish bo‘limi katta hamshirasi Zumrad Qurbonova, navbatchi hamshiralar Gulbahor Yodgorova, Barno Mirzaevalar o‘z vazifalarini sidqidildan bajardilar.

Qon – bebaho ne’mat. Uning bir tomchisi bemor insonni hayotga qaytarishi mumkin. Beg‘araz donorlik orqali qonga muhtoj bo‘lgan kishilarga ko‘mak berish — odamiylikning eng yuksak namunasidir.

Изоҳ қолдириш

Рўйхатдан ўтиш
5 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?