Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Олтинсой тумани ҳокимлиги
KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING IJTIMOIY-IQTISODIY AHAMIYATI

Tadbirkorlik jamiyatda ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi mavjud muammolarni hal qilishda va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida katta rol o'ynaydi. U ishlab chiqarish, ish bajarish, xizmat ko'rsatish sohalarida yangi ish o'rinlari yaratib, aholini ish bilan ta'minlash va ishsizlikni kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Rivojlangan mamlakatlarda ham, O'zbekistonda ham har yili yaratilayotgan yangi ish o'rinlarining yarmidan ortig'i kichik va xususiy tadbirkorlikka to'g'ri keladi. Demak, tadbirkorlik aholining ish bilan bandligi, mehnat va iqtisodiy faolligining o'sishi va buning natijasida uning daromadlarining oshishiga katta hissa qo'shadi. Bu jarayonning ikki oqibatini e'tiborga olish lozim: bir tomondan, aholining moddiy va ma'naviy ehtiyojlarining o'sishi, kengayishi bo'lsa, ikkinchi tomondan, ularni to'laroq qondirish imkoniyatlarining yaratilishidir. Bu pirovard natijada aholi hayotini yaxshilash, turmush darajasini ko'tarish, farovonligini oshirishni ta'minlaydi. Tadbirkorlikning rivojlanishi bilan uning mazkur sohadagi roli ortib boradi.

Tadbirkorlarning ma'lum qismi oyoqqa turib, yanada rivojlanishi oqibatida ular mulkdorlarga aylanadilar. Bu esa jamiyatda yangicha fikrlaydigan, harakat qiladigan yangi avlod-tadbirkorlar, mulkdorlar tabaqasining shakllanishiga olib keladi. Bunday shaxslar davlatning ijtimoiy tayanchi va iqtisodiy taraqqiyot manbayi hisoblanadi.

 

Oltinsoy tumani Statistika bo'limi boshlig'i                             O Hasanov

Изоҳ қолдириш

Рўйхатдан ўтиш
10 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?