Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Олтинсой тумани ҳокимлиги
“OBShIR” OBOD MANZILGA AYLANADI
 

 Bugun, 26 iyul kuni Oltinsoy tumanidagi “Obshir” mahallasida joylashgan 21-umumta’lim maktabi hovlisida qishloqda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha ishlarni namunali tashkil etish, xususan, tanlab olingan “Obshir” mahallasida aholi muammolarini hal etish, turmush farovonligini oshirishga qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tumandagi korxona, tashkilotlar rahbarlari MFY raislari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha faollar hamda “Obshir” mahallasi fuqarolari ishtirok etishdi.

Tadbirda Oltinsoy tumani hokimi Bahrom Maxmatraemov respublikamizdagi singari tumanimizda ham og‘ir hudud sanalgan mahallalarni obod qilish, shart-sharoitlarni yaxshilash borasidagi  ishlar mahallalar aholisi va korxona tashkilotlar hamkorligida namunali tashkil etilayotganligini alohida ta’kidladi va hududda ertangi kundan obodonchilik borasida bajariladigan ishlar xususida to‘xtaldi.

Tuman rahbari mahallani obod qilish, aholini toza ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini qondirish singari dolzarb yumushlarni sidqidildan ado etishda aholi ham g‘ayrat-shijoat namunasini ko‘rsatishi lozimligini ta’kidladi.

Tadbirda ishtirok etgan Surxondaryo viloyat hokimligi tashkiliy kadrlar guruhi rahbari Faxriddin Mengliev yurt obodligi yo‘lida boshlangan ishlarda mahalla ahli, barcha-barcha jipslikda, ahillikda ishtirok etishlariga ishonch bildirdi va tarixiy nom olgan “Obshir” qishlog‘i obodonchiligi shu yerlik aholi va ularning farzandlarida ertangi kunga bo‘lgan ishonchni kuchaytirishga xizmat qilajagini ta’kidladi. 

Shundan so‘ng so‘zga chiqqan xalq ta’limi faxriysi, 75 yoshli otaxon Muhammadi Mamarajabov mahalla aholisi uchun ko‘p yillardan buyon orzu bo‘lib kelayotgan ichimlik suvi keltirish, qishloq ko‘chalarini obodonlashtirish, uy-joylarni ta’mirlash kabi boshlanayotgan xayrli ishlarda qishloq oqsoqollari, mehnat faxriylari mahalla ahliga kuch-quvvat tilab, bu ishlarda oqsoqollar bosh-qosh bo‘lishlarini aytib o‘tdi. Mahalla aholisini   o‘z uylarini ta’mirlash, obod qilish, supurib-sidirish ishlarida faollik ko‘rsatishga chaqirdi. Mahallada boshlanayotgan xayrli ishlarning boshida turgan Prezidentimiz, viloyat hamda tuman hokimlarining ishlariga omad tilab,  qishloq oqsoqoli, tabarruk yoshli otaxon Muhammadi Mamarajabov duoga qo‘l ochdi.

Изоҳ қолдириш

Рўйхатдан ўтиш
20 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?