Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Олтинсой тумани ҳокимлиги
KEKSALARNI E'ZOZLASH- OLIY FAZILAT!
 

Bugun Din ishlari bo'yicha qo'mitaning Oltinsoy tumanidagi bosh mutaxassisi A.G'aniyev, tuman bosh imom xatibi Z.Absalomov, tuman ko'p tarmoqli markaziy poliklinika mudiri X.Mengartikovlar tashabbusi bilan Oltinsoy tumanida istiqomat qiluvchi 45 nafardan ortiq nuroniy otaxon va onaxonlarimiz bepul tibbiy ko'rikdan o'tkazildi.

 

Tuman tibbiyot birlashmasi faollar zalida 2023-yil muborak Haj safariga boruvchi 50 nafarga yaqin bo'lajak hoji ota va hoji onalarimiz ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Din ishlari bo'yicha qo'mitaning Oltinsoy tumanidagi bosh mutaxassisi A.G'aniyev so'zga chiqib keksalarni e'zozlash oliy fazilatdir deya qo'shimcha qilar ekan keksalarimiz bizning hayot maktabimizdir, Sizlarni qancha ardoqlasak jamiyatimizning har bir sohasida shuncha islohot va rivojlanish hamda baraka bo'ladi deya ta'kidladi.

So'ngra tuman ko'p tarmoqli markaziy poliklinika mudiri X.Mengartikov so'zga chiqib Haj safariga boruvchi fuqarolarimizni tibbiy ko'rikdan o'tkazilishida markazlashgan holatda amalga oshirilishi, ularga zarur sharoitlar yaratish maqsadida tibbiyot bo'limidan mutaxassislar biriktirilganligi hamda barcha tibbiy yordamlarni ko'rsatilishida navbatsiz va to'lovlarsiz amalga oshirilishi to'g'risida takidladi.

Tuman bosh imom xatibi Z.Absalomov so'zga chiqib, muborak haj safariga boruvchi har bir fuqaro xalqimizning ma'naviyat ko'zgusi bo'lishi, adashganlarni yo'ldan qaytarishlari lozimligi, yoshlarimizga tarbiya maktabi bo'lishlari hamda ajrimlarni oldini olishda xizmat qilishlari kerakligi to'g'risida aytib, diniy mavzuda o'z fikrlarini bayon etdi

 

Изоҳ қолдириш

Рўйхатдан ўтиш
6 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?