Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Олтинсой тумани ҳокимлиги
O’ZARO HAMKORLIK MEMORANDUMINI IMZOLASH KELISHIB OLINDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyuldagi
“2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi PF-165-son Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida Oltinsoy innovatsion tuman hududining imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda kelgusida amalga oshiriladigan innovatsion loyihalarni tanlab olish va ularni moliyalashtirish manbalari to‘g‘risida o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi, seminarda Oltinsoy tuman hokimining innovatsion rivojlantirish masalalari bo`yicha o’rinbosari Yusupov Isroil Isaqovich qatnashib, o’zining Institutda ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug’ullanib kelayotgan professor o’qituvchilar va ilmiy innovatsion loyihalari bilan turli tanlovlarda g’olib bo’lib kelayotgan iqtidorli talabalarining startup va tijoratlashtirish loyihalari bilan tanishdi va loyihalarni moliyalashtirish bo’yich turli xil tavsiyalarini berib o’tdi. Uchrashuv so’ngida Oltinsoy tumani hokimligi hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika institut o`rtasida keng ko’lamdagi hamkorlikni yo’lga qo’yish va o’zaro hamkorlik Memorandumini imzolash bo’yicha kelishib olindi.

Изоҳ қолдириш

Рўйхатдан ўтиш
5 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?