Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Олтинсой тумани ҳокимлиги
Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

Korrupsiya botqogʻiga botgan amaldorlar jamiyat taraqqiyotiga gʻov boʻlib, umri xalqqa xiyonat qilish, yosh avlod ongini zaharlash bilan oʻtishini endi keng jamoatchilik yaxshi tushunadi. Bu illatga qarshi kurash – toza vijdonli, oriyatli ziyolilarning qalb amriga aylanmogʻi lozim.

Aytish joizki, korrupsiyaga qarshi kurash borasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, poraxoʻrlik, tamagirlik kabi huquqbuzarliklarni aniqlash va ularga minbʼad chek qoʻyish, bunday jinoyatlarga qarshi jazo muqarrarligini har bir shaxs bilishi zarur. Korrupsiya balosining naqadar mudhish illat ekanini tushungan, uni ongli ravishda idrok etgan odam bu jinoyatga qoʻl urmaydi.

Bugungi kunda har bir davlatda korrupsiyaga qarshi kurash davom etmoqda. Har bir davlat va jamiyat korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻlini oʻzi tanlaydi, aniqrogʻi, qanday yoʻl toʻgʻri ekanini hayot koʻrsatadi. Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashni keng qamrovda olib borish choralari koʻzda tutilgani, bu borada har bir masalaga alohida eʼtibor qaratilgani bejiz emas.

Mutaxassislar fikricha, korrupsiya soʻzi “sotish” va “sotilish” degan maʼnolarni ham anglatar ekan. Korrupsiyaga aloqador odam qonunni buzishdan tashqari, oʻzining kimligini, eʼtiqodi, maʼnaviyati qay darajada ekanini oshkor qiladi. Bunday odam nafaqat moliyaviy ziyon-zahmat yetkazadi, balki davlatni, demokratiyani behurmat qilib, obroʻsini toʻkadi, unga non-tuz berib katta qilgan, ilmu hunar, obroʻ va mansab bergan el-yurtning yuziga oyoq qoʻyadi.

Korrupsiya balosidan qutulish, islohotlarni uning changalidan qutqarish sharafli burchimiz ekanligini hamma birdek tushunmogʻi shart. Aks holda, oʻziga tegishli xulosa chiqarmay, poraxoʻrlik va tamagirlikdan tiyila olmayotgan shaxslar jazoga tortilishi muqarrar!

Zero, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-211-moddalarida pora olish va pora berish jinoyati uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

 

 

Oltinsoy tuman adliya

bo’limi boshlig’i                                                          N.Xoliyorov

 

Изоҳ қолдириш

Рўйхатдан ўтиш
4 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?