Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Олтинсой тумани ҳокимлиги
Surxondaryo viloyati Oltinsoy tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig'i Ravshan Boymirzaevning avgust oyi yakuni bo‘yicha hisoboti

Soliqchi - tadbirkorga ko‘makchi! Bugun davlat soliq organlari xodimlari o‘z faoliyatini mazkur tamoyil asosida yo‘lga qo‘yib, soliq to‘lovchilarning eng yaqin ko‘makchisi va ishonchli hamkoriga aylanmoqda. 

         Xususan joriy yilning avgust oyida tumanimizda faoliyat yuritayotgan 238 ta tadbirkorlik subyektining 120 ta muammolari o‘rganilib, imtiyozli kredit olish, dastlabki buxgalteriyasini yuritish, hisobotlarni to‘ldirish va topshirish kabi 130 dan ortiq masalalar bevosita soliq organlari xodimlari ko‘magida hal etildi.

         Bundan tashqari, faoliyatini to‘xtatgan 14 nafar tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatilib, faoliyatlarini qayta tiklashga erishildi.

         Tadbirkorlar uchun teng raqobat muhitini yaratish, noqonuniy tarzda savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanishning oldini olish maqsadida davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidagn nazorat tadbirlari o‘tkazilib, 16 nafar fuqarolar hech qanday hujjatlarsiz tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotganligi aniqlandi. Olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida ushbu fuqarolarning 16 nafari belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tib, qonuniy tarzda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ydilar.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan o‘tkazilgan bevosita muloqotlar va keng ko‘lamli tushuntirish ishlari pirovardida avgust oyida 76 ta korxonadagi 84 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolarning faoliyati legallashtirildi.

      Agar sohalar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida 36 nafar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonarlarida 8 nafar, qishloq xo‘jaligi sohasida 14 nafar hamda qurilish korxonalarida faoliyat yuritayotgan 26 nafar fuqarolarning faoliyati rasmiylashtirildi va budjetga 8,7 mln so‘m qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirildi.

Mamlakatimizda Prezidentimiz boshchiligida uzoqni ko‘zlab amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida biznes uchun erkin va teng raqobat maydoni yuzaga kelmoqda. Buning samarasi tadbirkorlik subyektlarining umumiy tovar aylanmasida ham aks etmoqda.

         Jumladan, Oltinsoyda 128 ta subyektning tovar aylanmasi o‘tgan yilga nisbatan ko‘payib, jami tovar aylanmasi o‘sishi 112,3 foizni tashkil etmoqda.

         Ahamiyatlisi, 2022-yilning avgust oyi davomida tumanimizda soliq to‘lovchilari tomonidan 4,9 mlrd so‘m miqdorida soliq to‘lanib, belgilangan prognoz rejasi 0,6 mlrd so‘m ortig‘i bilan bajarildi. (Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 144,1 foizga ko‘pdir.) Budjetga yo‘naltirilgan soliqlarning asosiy qismi 3,3 mlrd so‘mi, ya’ni 67,3 foizi yuridik shaxslar, 1,6 milliard so‘mi yoki 32,6 foizi esa jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keldi.

Soliq turlari bo‘yicha tahlil etadigan bo‘lsak, tushumning 1,6  mlrd so‘m yoki 32,6 foizini jismoniy shaxslar daromad solig‘i, 0,6 mlrd.so'mi yoki 12,2 foizi aylanmadan olinadigan soliq, 1,6 mlrd so'm yoki 32,6 foizini jismoniy shaxslarning yer va mol-mulk solig‘i hamda qolgan 1,1 mlrd.so'mi yoki 24,6 foizini esa boshqa soliqlar va  yig‘imlar tashkil etdi.

Soliq qarzdorligini qisqartirish borasida olib borilgan izchil ishlar natijasida 452 ta korxona tomonidan umumiy miqdorda 1,8 mlrd so‘mlik soliq qarzdorligi to‘lab berildi.

Yurtboshimizning “Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari yana 10 taga oshirilishi norasmiy bandlikni kamaytirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi. Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, bugungi kunda viloyatimizda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 4 965 nafarni tashkil etadi.

Soliq tizimini raqamlashtirish borasida olib borilayotgan izchil ishlar, amaliyotga tatbiq etilayotgan avtomatlashtirilgan axborot tizimlari soliq munosabatlarini yengillashtirish, xato va kamchiliklarni o‘z vaqtida to‘g‘rilash imkonini bermoqda. Birgina misol joriy yilning iyun-avgust oylari davomida “Avtokameral” dasturiy mahsuli orqali tumanimizda miqyosidagi 20 ta xo‘jalik yurituvchi subyektning soliq hisobotlarida xato va kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tekshiruvdan oldingi tahlil asosida xabarnomalar yuborildi.

Shundan 20 nafar tadbirkorlik subyektlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan 0,4 mlrd so‘m miqdordagi soliq hisobotlaridagi kamchiliklar o‘z vaqtida to‘liq bartaraf etildi. Natijada tekshirish davomida qo‘llanilishi lozim bo‘lgan 0,2 mlrd so‘m moliyaviy jarimalar qo‘llanilmasdan, tadbirkorlik subyektlari ixtiyorida qoldi.

Misol uchun Surxondaryo viloyat Davlat soliq boshqarmasida ro‘yxatga olingan “Sayraklik chori” fermer хo'jaligi tomonidan “Avtokameral” dasturiy mahsuli orqali yuborilgan xabarnomaga asosan 0,03 mlrd so‘m yagona er solig‘i bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar yuzasidan belgilangan muddatda qayta hisobot taqdim etildi. Natijada soliq kodeksiga muvofiq qo‘llanilishi lozim bo‘lgan 0,07 mlrd so‘m miqdoridagi moliyaviy jarimaning oldi olindi.

Shuningdek, DSIga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kelib tushgan 46 ta murojaat batafsil o‘rganilib, ularning 36 tasi ijobiy hal etildi. 10 ta murojaat yuzasidan tushuntirishlar berilildi.

Ta’kidlash joizki, “Soliqchi - tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida olib borayotgan ishlarimiz yanada izchillik kasb etadi. Zero, biz soliq to‘lovchilarning ishonchli hamkori va eng yaqin ko‘makchisimiz!

 

Ravshan Boymirzaev,

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i

 

Изоҳ қолдириш

Рўйхатдан ўтиш
3 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?