Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Олтинсой тумани ҳокимлиги
Oltinsoy tuman Vaxshivor madaniyat markazi huzurida tashkil etilgan “Sharshara” folklor-etnografik xalq jamoasi to‘g‘risida MA’LUMOT

 

 

Vaxshivor madaniyat markazi qoshida tashkil etilgan «Sharshara» folklor-etnografik xavaskorlik xalk ansambli 1990 yil tashkil etilgan. 2014 yil “Sharshara” folklor-etnografik xavaskorlik xalk ansambli “xavaskorlik xalq ansambli” unvonini olgan.

Jamoada 20 nafar ijodkor havaskorlar ishtirok etadi. Jamoa har yil boshida viloyat Madaniyat va turizm boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan yangilangan repertuar rejasi asosida milliy urf-odat va qadriyatlarni, marosim va an’analarni targ‘ib qiluvchi dasturlari bilan bayram va sayllarda ishtirok etib kelmoqda.

 

1999 yil viloyatda o‘tkazilgan Alpomishning 1000 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda teatrlashtirilgan dasturni namoyish etishdi. Jamoa 2000 yil viloyat bo‘yicha o‘tkazilgan «Chashma» ko‘rik tanlovida ishtirok etib, faxrli 1-o‘ringa sazovor bo‘lishdi. 2002 yil Respublika miqyosida o‘tkazilgan folklor-etnografik jamoalari ko‘rik tanloviga ishtirok etib, 2-o‘ringa sazovor bo‘lishdi.      2002 yil Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida Respublika miqyosida folklor-etnografik jamoalarini ko‘rik festivali tanlovida “Sharshara” fol’klor etnografik xavaskorlik xalk ansambli ishtirok etib 2-o‘ringa sazovor bo‘lishdi. 2016 yilda tumanda o‘tkazilgan “Biz buyuk yurt farzandlarimiz” festivallarida faol ishtirok etishgan.

 

Ansambl tumanda va viloyatda o‘tkazilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda.

Jamoa badiiy rahbari: Yarov Olimjon Nizomovich.

Tel: +998944607637

Изоҳ қолдириш

Рўйхатдан ўтиш
4 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?