Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Олтинсой тумани ҳокимлиги
Davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti haqida  
Эълонлар / 2023-09-25

 

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash ishlarini jadallashtirish, “Har bir fuqaro — e’tibor markazida” tamoyili asosida aholining barcha qatlamlariga sifatli va tezkor davlat xizmatlari ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish maqsadida Vazirlar Mahkamasi 435-sonli sonli qarori qabul qilingan bolib Qarorda Davlat xizmatlari ko’rsatish tamoyillari korsatib berilgan.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida davlat xizmatini ko‘rsatuvchi xodimni fuqaroning yashash joyiga chaqirish orqali maxsus texnik qurilmalar yordamida davlat xizmatlarini ko‘rsatish amaliyotini kengaytirish belgilangan bo’lib

 

 Mazkur Reglamnet muvofiq

 

Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun “Call-markaz” yoki rasmiy veb-sayt orqali murojaat qiladi.

 

Call-markaz” orqali so‘rovnomalar soat 09:00 dan 18:00 gacha ish vaqti davomida qabul qilinadi

 

Rasmiy veb-sayt orqali sutkaning istalgan vaqtida murojaat qilinishi mumkin.

 

Call-markaz”ning mas’ul xodimi ariza beruvchiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilovchi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan davlat xizmatidan foydalanish uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlar (ma’lumotlar) to‘g‘risida ma’lumot beradi.

 

Ariza beruvchi so‘rovnomada ko‘rsatilgan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun davlat xizmatini ko‘rsatishda talab etiladigan barcha hujjatlarni (ma’lumotlarni) tayyorlab qo‘yishi lozim

So‘rovnoma shakllantirilib, so‘rovnomadagi tegishli ma’lumotlar ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng uning mobil telefon raqamiga to‘lovni amalga oshirish uchun invoys avtomatik ravishda yuboriladi.

Davlat xizmatlarini joyiga chiqqan holda ko‘rsatish yoki davlat xizmatlaridan foydalanishga ariza yuborish uchun Toshkent shahrida bazaviy hisoblash miqdorining (keyingi o‘rinlarda — BHM) 50 foizi, viloyat markazlarida BHMning 40 foizi, tuman (shahar)larda BHMning 30 foizi miqdorida bir martalik to‘lov undiriladi.

O‘zgalar yordamiga muhtoj qariyalar, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mustaqil harakatlanish imkoniyati cheklangan hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘lov undirilmaydi.

Vakolatli organning mas’ul xodimi ariza beruvchi bilan telefon orqali bog‘lanib, so‘rovnomada ko‘rsatilgan joyga chiqadi hamda maxsus texnik qurilmalar yordamida davlat xizmatlarini ko‘rsatadi yoki davlat xizmatlaridan foydalanish uchun davlat xizmatini ko‘rsatishga mas’ul bo‘lgan vakolatli organlarga ariza yuboradi.

Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rilmasdan qoldiriladi va to‘langan to‘lov summasi qaytarilmaydi Hamda ariza bersih rad etiladi rad etillish boyicha fuqaroning telefon raqamiga sms xabarnoma yuboriladi Sms xabarnomada Rad etilganlik sababi t’liq ko’rsatilgan boladi.

Vakolatli organ mas’ul xodimining aybi (kechikishi yoki kelmasligi, axborot tizimi yoki maxsus texnik qurilmalardagi nosozliklar) bilan davlat xizmatlari belgilangan muddatlarda va tartibda ko‘rsatilmagan holatlarda davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda ko‘rsatishda undiriladigan to‘lov miqdorlari ariza beruvchining murojaatiga asosan unga qaytariladi

Ariza beruvchi xohishiga ko‘ra, davlat xizmatlarini ko‘rsatish natijasini Davlat xizmatlari markazlariga bevosita tashrif buyurib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yoki pochta aloqasi orqali olishi mumkin. Bunda pochta xarajatlari ariza beruvchi hisobidan qoplanadi.

Pochta aloqasi tomonidan ko‘rsatilgan xizmat uchun to‘lov miqdori pochta xizmati tomonidan belgilanadi.

 

OLTINSOY TUMAN ADLIYA BO’LIMI DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI                                                                 

BO’LIM BOSHLIG’I  J.ISHNIYAZOV

Изоҳ қолдириш

Рўйхатдан ўтиш
2 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?