Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Олтинсой тумани ҳокимлиги
RASMIY MUNOSABAT
Эълонлар / 2022-10-24

Yaqinda telegram kanallarda tarqatilgan “Oltinsoy tumanida nuroniylar nafaqa pulini olayotganligi”tanqidiy videolavhalarda holatlar bo‘yicha Oltinsoy tumani hokimligi Axborot xizmati quyidagilarni o‘rgandi:

  1. ATB “Xalq banki” Tuman filiali tomonidan pensiya mablag‘lari tarqatishda mahallalarga tasdiqlangan ro‘yxatlar asosida tarqatilishi(alohida fuqarolarga yashash manzilidagi xonadonga va mahalla idorasida) belgilangan.
  2. Lavhada nomi keltirilmagan bo‘lsada aniqlangan mahallaga borib kuzatish o‘tkazilganligi, lekin 10-12 choqli pensioner fuqarolar navbat kutib, familiyalari aytib chaqirilishiga qaramasdan fuqarolar tomonidan sun’iy tiqilinch holati paydo qilinganligi kuzatildi. Pul tarqatayotgan bank xodimi tartibga chaqirishi befoyda bo‘layotganligi aniqlandi.
  3. Videolavha avgust oyi boshlarida olinganligi, naqd pul muammosi umuman kuzatilmaganligi, mahalliy aholiga ATB Xalq banki tuman filiali xodimlari tomonidan tushunchalar berilganligi ma'lum bo'ldi.

Yuqoridagilarga asoslanib, aholimizdan iddaolardagi “pashshadan fil yasab”, o‘zlarini xalqparvar ko‘rsatayotgan ayrim shaxslarga nisbatan  shunday holatlarga xushyor bo‘lishliklarini, navbat bilan olish madaniyatiga rioya qilishliklarini hamda hamma salbiy holatlar ham bank xodimlari tomonidan paydo qilinmayotganligiga bee’tibor bo‘lmasliklarini so‘rab qolamiz!

Изоҳ қолдириш

Рўйхатдан ўтиш
12 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?