Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Олтинсой тумани ҳокимлиги
RASMIY MUNOSABAT
Эълонлар / 2022-10-05

O‘zbekiston Respublikasining Suv xo‘jaligi vaziri Hamraev Shavkat Raximovichning 2020-yil 31-oktabrda Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumaniga tashrifi davomida “Obshir” mahallasining “Obshir” qishlog‘i hududida yangidan ta’mirlangan “Obshir sel suv omborini” joyida ko‘rib chiqib, mahalla fuqarolarini qiynab kelayotgan muammolar bilan tanishgan edi.

Mahalla va qishloq oqsoqollari tomonidan Suv xo‘jaligi vaziri Hamraev Shavkat Raximovichga “Obshir sel suv ombori”dan chiqayotgan suv miqdorining Obshirsoy o‘zanida isrof bo‘lmasdan aholi tomorqa ekin maydonlariga yo‘qotishlar (pateriya)siz yetib borishi uchun uzunligi 2 km bo‘lgan polietilen quvur yotqizishda amaliy yordam berish so‘ralgan.

Shundan so‘ng, Hamraev Shavkat Raximovich tomonidan mazkur suv ombordan chiqayotgan suvlarni polietilen quvur orqali mahallaga yo‘naltirish loyihada ko‘zda tutilmaganligi hamda mablag‘ ajratilmaganligi sababali, Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i Alimov To‘lqin Jo‘raevichga polietilen quvur yotqizish ishlarini hashar yo‘li bilan amalga oshirish maqsadga muvofiqligi ta’kidlab o‘tilgan.

Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i Alimov To‘lqin Jo‘raevich tomonidan 2021 yil boshida diametri 250 mm.li bo‘lgan

450 (to‘rt yuz ellik) metr polietilen quvur hashar yo‘li bilan olib kelinib, quruvchi “Amu-Surxon ta’mir” MChJ tomonidan montaj qilingan. Montaj ishlari yakunlangandan so‘ng, 2021-yilda yana 450 (to‘rt yuz ellik) metr uzunlikda diametri 200 mm.li bo‘lgan polietilen quvur homiylik mablag‘lari hisobidan keltirilgan.

Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘ining izoh berishicha polietilen quvurlarni montaj qilish ishlarini yakunlash uchun homiylik mablag‘lari zarur bo‘lishi ta’kidlab o‘tildi.

Qolgan 1,1 km uzunlikdagi polietilen quvurlarni Oltinsoy tumani hokimligi tomonidan harid qilish hamda mazkur quvurlarni montaj qilish ishlarini yakuniga yetkazilish uchun Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan 2022 yil 5-oktabrdagi 01-12/1522-sonli hat bilan Oltinsoy tumani hokimligiga amaliy yordam so‘rab murojaat qilinganligini ma’lum qilamiz.

Изоҳ қолдириш

Рўйхатдан ўтиш
8 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?