Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
OLTINSOY TUMANIDA “XALQARO BAG‘RIKENGLIK HAFTALIGI" KENG NIShONLANMOQDA!

“16-noyabr Xalqaro bag‘rikenglik kuni" munosabati bilan Oltinsoy tuman markazi va tumandagi chekka hududlarda va barcha ta’lim muassasalarida ilmiy-amaliy va madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, tuman markazida joylashgan 15-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida  “O‘zbekiston - bag‘rikeng diyor” shiori ostida konsert dasturi hamda ko‘rgazmalar, “Milliy an’ana va udumlar” , “Kitob bizni birlashtiradi” nomli kitoblar ko‘rgazmasi va “Mening bag‘rikeng dunyoim” nomli rasmlar ko‘rgazmalari tashkil etildi.

Tadbirni tuman hokimining o‘rinbosari X.Qosimov kirish so‘zi bilan ochib, o‘z so‘zida so‘nggi yillarda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri – jamiyatda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlash, do‘stlik muhitini va ko‘p millatli katta yagona oila tuyg‘usini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalash, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirishga yo‘naltirilgan keng miqyosdagi ishlar amalga oshirilayotganligi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tdi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
2 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?