Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
SESSIYАDA MUHIM MASALALAR KO‘RILDI
Kengash faoliyati / 2022-08-26

Sessiya kun tartibi belgilanib, dastlab tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Ilhom Babakulovning “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 martdagi “2020-2022 yillarda Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 160-sonli qarori ijrosi bo‘yicha hisoboti tinglandi.

Shundan so‘ng tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i J.Qodirovning “Oltinsoy tumanida 2022 yilning 6 oyi davomida jamoat xavfsizligi va jinoyatchilikning oldini olish hamda huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘yicha hisobot tinglandi.

Sessiyada shuningdek, doimiy komissiyalarda ko‘rib chiqilgan boshqa masalalar borasida ham deputatlarning fikr-mulohazalari va muzokaralari tinglanib, ko‘rilgan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.

Shuningdek, sessiyada deputatlar tumandagi 13-sonli va 30-sonli umumta’lim maktablari direktorlari lavozimlariga tavsiya qilingan nomzodlarning dasturlarini tinglashdi. Shundan so‘ng  deputatlarning ko‘pchilik ovozini olib, 13-sonli maktab direktori lavozimiga nomzod Nasim Hasanovna Mamatqulova va 30-maktab direktori lavozimiga nomzod Nargiza Ahmedovna Qulmurodovalar saylandi.

Sessiyada ko‘rilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Ro`yxatdan o`tish
15 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?